Ob’ektga yo’naltirilgan ma’lumotlar bazasi
Mavzu: Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyixalashtirish
Download 0.98 Mb.
|
MB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Relational Database Model
17. Mavzu: Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyixalashtirishMa’lumotlar bazasini loyihalash jarayoniYaxshi tuzilgan ma’lumotlar bazasi: Ortiqcha (takrorlanuvchi) ma’lumotlarni bartaraf qilish orqali xotirani tejaydi. Ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini saqlaydi. Ma’lumotlarga turli usullar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi. Samarali va foydali MBni loyihalashtirish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: Talablarni tahlil qilish yoki ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash Ma’lumotlarni jadvallarga ajratish Asosiy kalitlarni (primary key) ko’rsatish va munosabatlarni tahlil qilish Jadvallarni standartlashtirish uchun normallashtirish Keling, har bir qadamni batafsil ko’rib chiqaylik. Maʼlumotlar bazasining turli modellari juda ham koʻp, biz esa ushbu qo’llanmada eng koʻp ishlatiladigan relyatsion ma’lumotlar bazasi modelidan (relational model) foydalanamiz. Yuqoridagi jarayonlarni koʻrishdan avval Relational Model bilan tanishaylik. Relational Database ModelEng keng tarqalgan model, relyatsion model, ma’lumotlarni jadvallarga ajratadi. Har bir jadval ustunlar va qatorlardan iborat. Har bir ustunda biror obyektga oid atributlar keltirilgan, masalan mahsulot narx, foydalanuvchi ismi yoki tug’ilgan sanasi, pochta indeksi va hokazo. Bu atributlar birgalikda domen deb ataladi. Jadvalning qatorlari esa aynan bitta obyekt (buyum, shaxs, joy) haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi. Quyida biz Foydalanuvchilar haqida maʼlumot saqlash uchun Foydalanuvchilar jadvalini yaratdik. Jadvaladagi ID, Ism, Familiya, Telefon foydalanuvchining attributlari hisoblanadi. Birgalikda esa attributlar domen deb ataladi. 18.Mavzu: Tizimni umumiy tashkil etish. SQL ma’lumotlar bazasi tili asoslari SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma'lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so'rovlarni amalga oshirishda bu so'rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo'q. SQL tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, foydalanuvchilar ham bu ma'lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan ma'lumotlarni chiqarish mumkin bo'ladi. SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o'rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig'indisi(kichik so'rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko'chirish mumkin bo'ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling