«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Alimova Shaxnoza Oktyamovna
O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Madaniy meros obyektlari muammolarini o`rganish va turizmni rivojlantirish” ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, Toshkent sh, O`zbekiston. Tel: +99890 745 27 67 Email: shakinoza.27@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada COVID-19 bilan bog'liq muammolardan so'ng wellness turizmga talab ko`payib, mehmonxonalarda wellness xizmatlari joriy etilishi yoritib o`tilgan. Kalit so`zlar: Wellness turizm, qattiq wellness, yumshoq wellness, spa xizmatlari, mehmonxona zanjirlari. COVID-19 bilan bog'liq muammolardan so'ng, sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan yangi turizm turlari xususan wellness turizm eng yaxshi tanlovga ega bo'ladi. COVID-19, shak-shubhasiz, bir qancha global buzilishlarni keltirib chiqardi, ayniqsa mehmondo'stlik sanoatida buni salbiy ta`siri beqiyosdir. Shunga qaramay, o'zgarishlar bilan birga imkoniyat va inqirozdan qanday qilib kuchliroq va chidamliroq chiqishni qayta ko'rib chiqish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu borada wellness turizm eng maqbul yechim bo`lib, hozirgi kunda wellness turizm sayohatchilari soni kun sayin ortib borayotganini sezish mumkin. Wellness turizm bu - sayohat davomiyligi bo`yicha eng qisqa, kam xarajat, salomatlikni qo'llab- quvvatlash va ruhiy tiklanish, stressdan xalos bo'lish, aql va tananing uyg'un yangi holatiga erishish, insonning salomatligi va farovonligini yaxshilash kabi ehtiyojlarini qondiradigan turizm turidir. Jahon turizm assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan 48 mamlakat va uning sog`lomlashtirish hududlarini qamrab olgan iste'molchilar so'rovi natijalariga ko'ra, 24% dan ortig'i "keyingi ikki yil ichida wellness ta'tilini oldindan band qilish ehtimoli juda katta" va 78% allaqachon sayohat paytida o'z marshrutlariga sog'lom turmush tarzini tanlab harakatni boshlaganlar. [2] Butun dunyo bo'ylab odamlar sog'lik va farovonlikka ko'proq e'tibor qaratganligi sababli, dam olish va sog'lomlikka yo'naltirilgan turizm turlari mehmonxona tajribasida ham dolzarb masalaga aylandi. Jahon mehmondo`stlik sanoatida turizmni rivojlantirish borasida asosiy urg`uni mintaqadagi wellness imkoniyatlar mavjudligini kuchaytirish uchun hamkorlik, qo'shilish va sotib olish kabi strategiyalarni qabul qilmoqdalar. Masalan, 2022 yil may oyida Hilton CKR Resort bilan Hilton Hyderabad Resort & Spa brendini ishga tushirish bo'yicha shartnoma imzolaganini e'lon qilindi. Xuddi shunday, OneSpaWorld, kruiz kemalari va dam olish maskanlari uchun salomatlik va wellness xizmatlari dasturlari, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling