«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent moliya instituti dotsenti, PhD.
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 186 DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA ICHKI MOLIYAVIY NAZORATNI TASHKIL QILISH MASALALARI Kuliboyev Azamat Shonazarovich, Toshkent moliya instituti dotsenti, PhD. Davlat tibbiyot tashkilotlarida ichki moliyaviy nazorat va uni amalga oshirish to'g'risidagi nizom talab darajasida emas, balki ba’zi tashilotlarda ichki moliyaviy nazorat to’g’risida nizomning o’zi mavjud emas. Bugungi kunda davlat tibbiyot tashkilotlarida ichki moliyaviy nazoratni tashkil etish va uni normativ – huquqiy hujjatlarga asosan amalga oshirish muhim ahamiyatga ega masalalardan biri hisoblanadi. Davlat tibbiyot tashkilotlari mablag'lari, mehnat va moddiy resurslaridan samarali foydalanishning muhim sharti moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish natijadorligi va samaradorligini oshirishdir. Davlat tibbiyot tashkilotlaridagi ichki moliyaviy-iqtisodiy nazorat tizimiga quyidagilar kiradi: mansabdor shaxslarning huquqlari, burchlari va majburiyatlarini normativ - huquqiy tartibga solish; ➢ nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar; ➢ nazorat faoliyati obyektlari; ➢ moliyaviy-iqtisodiy nazorat turlari, shakllari va usullari; ➢ ichki moliyaviy-iqtisodiy nazoratni boshqarish; ➢ ichki nazorat sohasidagi faoliyatni rejalashtirish. Davlat tibbiyot tashkilotlarida ichki moliyaviy nazoratni tashkil qilishda amaldagi normativ – huquqiy hujjatlarga amal qilish kerak. Moliyaviy nazoratni tashkil etishning muhim jihati tarmoq va idoraviy ko'rsatmalarning ta'siri va mavjud amaliyotni tahlil qilishdir. Ichki moliyaviy nazorat vazifalariga quyidagilar kiradi: — tashkilot normativ – huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; — tashkilot rahbarining buyruqlarini bajarish; — tashkilotda kassa operatsiyalarining qonuniyligini nazorat qilish; – hisobni tashkil etish va mulkning saqlanishini ta’minlash; — olib borilayotgan operatsiyalarni xodimlarning vakolatlariga muvofiqligini ta'minlash; — xo‘jalik ichidagi zaxiralarni aniqlash va ulardan foydalanish choralarini ko‘rish; — hisobotda ko'rsatilgan ma'lumotlarning amalga oshirilayotgan xo'jalik operatsiyalariga muvofiqligini tekshirirsh; — buxgalteriya hujjatlarining to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirirsh; — ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlashni nazorat qilish; — hisobda xatolik va buzilishlarning oldini olish; – moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi huquqbuzarliklar sabablarini o‘rganish; – moliyaviy va moddiy ta’minlash normalari va tartibini belgilovchi amaldagi me’yoriy — huquqiy hujjatlar, ko‘rsatmalar va boshqa normative — huquqiy hujjatlarni muassasada amaliy qo‘llash tajribasini o‘rganish, ularni takomillashtirish. Ichki moliyavi nazoratni tashkil etish tashkilotda ichki nazorat to‘g‘risidagi Nizomi bilan belgilanadi. Ushbu Nizomda quyidagi bo'limlar aks ettirilishi maqsadga mufofiq deb hisoblaymiz: 1. Ichki moliyaviy nazoratning maqsadi, vazifalari va tamoyillari; 2. Ichki moliyaviy nazoratni tashkil etish tartibi; 3. Nazorat qiluvchi va nazorat qilinadigan shaxslarning huquq va majburiyatlari; 4. Ichki moliyaviy nazorat to'g'risidagi nizomga rioya qilish uchun tomonlarning javobgarligi; 5. Ichki moliyaviy nazorat tizimining samaradorligi holatini baholash; 6. Boshqa ichki moliyaviy nazoratga oid zarur bo'limlar. Ushbu bo'limlar oldingi bo'limlarda yoritilmagan masalalarni hal qilishi mumkin. Davlat tibbiyot tashkilotlarida ichki moliyaviy nazoratni tashkil etuvchi mansabdor shaxslar tashqi nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan taftish va tekshirish materiallarini ko‘rib chiqadilar hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, nazoratning sifati va samaradorligini oshirish choralarini ko‘radilar. Davlat tibbiyot tashkilotlarida tashkilot ehtiyojlari uchun xaridlarni tashkil etishni tekshirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Ichki moliyaviy nazorat doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar izchil bo'lishi kerak. Avvalo, davlat tibbiyot tashkilotlari da dastlabki tekshiruv o'tkazilishi kerak. Moliyaviy-xo'jalik operatsiyalari tugagandan so'ng, keyingi moliyaviy nazorat amalga oshiriladi. Masalan, ular kassa operatsiyalarini, shaxsiy hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni, hisobdor shaxslar, mol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling