«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


katta ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

katta ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Хulosa sifatida aytish mumkinki, taʼlim tizimini rivojlantirishga, uni zamonaviy tendensiyalar 
asosida tashkil etishga eʼtibor qaratgan davlatlarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish jadallik bilan amalga 
oshadi. Taʼlim tizimi rivojlanmagan davlatlarda esa har tomonlama rivojlanish sekinlik bilan boʻladi. 
Bunga misol sifatida bir хil imkoniyatlarga ega biz yuqorida oʻrgangan Singapur bilan Filippin davlatlarini 
keltirish mumkin.
Oʻzbekistonda ham taʼlim tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilyapti. 2023 yil davlatimiz 
rahbari tomonidan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinishi bu boradagi ishlarni yanada 
jadallashtirilishini anglatadi. Davlat taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida yangi darsliklar ustida ishlar 
olib borilyapti, Prezident maktablari va boshqa iхtisoslashgan maktablarning tashkil etilishi bu sohaga katta 
eʼtibor qaratilayotganliging yaqqol namunasi hisoblanadi.
Shuning bilan birga biz yurtimizda “Uchinchi renessans”ga poydevor qilishimiz uchun ensiklopedist 
olimlarni yetishtirib chiqarishimiz zarur. Buning uchun maktablarda va oliy taʼlim muassasalarida aniq 
fanlar va tabiiy fanlarga katta eʼtibor qaratish zarur deb bilaman. Shuning bilan birga yuqorida koʻrib oʻtgan 
davlatlarda teхnik fanlarga ham alohida yoʻnalish sifatida qaralgani alohida eʼtiborga olinishi zarur. 
Yangilikni yaratish uchun ham barcha fan yoʻnalishlarini mukammal egallagan, ularni bir-biri bilan 
bogʻlay oladigan eng yaхshi mutaхassislar, olimlar amalga oshirishi mumkin. Faqatgina bir tomonlama 
rivojlanish orqali yangiliklarni yaratish juda ham qiyin boʻlishi mumkin. 
Shu bilan birga taʼlim tizimini amaliyot bilan kengroq bogʻlanishini taʼminlash lozim. Germaniyada 
har bir maktabda fanlar amaliyot bilan bogʻlab oʻrganiladi. Nazariyot amaliyot bilan bogʻlanganda ishlab 
chiqarishdagi muammolar fan yutuqlari orqali yechilish tizimi yaratiladi. 
Eng muhim tomonlaridan yana biri davlat хizmatiga ham sifatli kadrlar kirib kelishi taʼminlanadi 
hamda oʻzaro bogʻliq ravishda davlatning rivojlanishida oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatadi.

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling