mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
89
2-chizma
Yuqoridagi jadvalda, aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘rsatilgan bo‘lib,
bunda oxirgi 4 yil davomida mos ravishda 2 ga o‘sishini qayd etganlikni kuzatish mumkin.
DataReportalning ma’lumoti bo‘yicha, 2023 yil dastlabki oyida, 26.75 mln aholi internet foydalanuvchilari
bo‘lsa, bu jami aholi hisobidan 76.6 foizni qamrab oladi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar soni 5.35 mln
tashkil etadi. Uyali mobil aloqa xizmatidan 31.84 mln aholi foydalanib kelmoqda [6].
Texnologiya va raqamlashgan dasturlar hayotimizni nafaqat sezilarli darajada o‘zgartirdi va
qolaversa aholi turmush darajasini to‘liq o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Hozirgi kunda, raqamlashgan
mamlakatlarning daromadlari mobil ilovalar fonida yalpi ichki mahsulotidan oshib ketadigan darajada
ko‘tarildi. Xususan, Xitoy, Yaponiya va AQSH eng ko‘p daromad keltiruvchi ilovalar yaratib, foyda oladi
va jahon ilovalar bozorining 80 foiz ulushini tashkil etadi [7].
Xullas, raqamli transportda mobil ilovalarning ahamiyati transport xizmatlaridan foydalanishda
smartfon ilovalaridan foydalanish tushuniladi, masalan: velosipedlarni ijaraga olish (bike-sharing),
avtomobillarni ijaraga olish (car-sharing) yoki jamoat transportlar. Hamda, mobil ilovalar
foydalanuvchilarga transport xizmatlaridan foydalanishning qulay va samarali usulini ta’minlab, yuklab
olingan mobil ilovalari orqali transport xizmatlarini bron qilish va to‘lov qilish imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Bugunki kunda, Buxoro viloyatida transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ular
doirasida qabul qilinayotgan dasturlar asosida sohada raqobat muhitini rivojlantirishga, jamoat transporti
faoliyatini yanada takomillashtirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etishga, yo‘lovchilarga
sifatli transport xizmati ko‘rsatishga, respublikamizning transport-logistika sohasini rivojlantirish hamda
mamlakatning transit salohiyatini oshirish birinchi galdagi vazifa darajasiga olib chiqildi. Shuningdek,
jamoat transportida xizmat ko‘rsatish tizimini yanada oshirish va aholi turmush farovonligini yaxshilash
maqsadida, jamoat transportlari harakatini onlayn kuzatish imkonini beruvchi “UzTransport” va shahar
jamoat transportlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “UzTmyBus” mobil ilovalarini yaratish
loyihasi amalga oshirildi.
3-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |