«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1. Todua N., Jashi C. Main Aspects of service quality in the Hotel Industry of Georgia //4 th 
International Conference on Contemporary Marketing Issues ICCMI June 22-24, 2016 Heraklion, Greece. 
– 2016. – С. 431. 
2. Sharma S., Srivastava S. Relationship between service quality and customer satisfaction in hotel 
industry //TRJ Tourism Research Journal. – 2018. – Т. 2. – №. 1. – С. 42-49. 
3. Davronov I. IMPROVEMENT OF QUALITY INNOVATIVE SERVICES IN BUKHARA 
HOTELS //" Экономика и туризм" международный научно-инновационной журнал. – 2022. – Т. 1. – 
№. 3. 
4. Пономаренко Е. И. Совершенствование качества гостиничных услуг : дис. – 2018. 
5. Davronov I. O. Economic Importance of Innovative Technologies for Improving Hotel Services 
//International Journal of Business, Technology and Organizational Behavior (IJBTOB). – 2021. – Т. 1. – 
№. 3. – С. 169-175. 
RAQAMLI TRANSPORT XIZMATLARI SIFATINI MOBIL ILOVALARDAN 
FOYDALANIB OSHIRISH 
(UzTransport va UzTmyBus mobil ilovalari misolida) 
Farmanov Erkin Alimovich 
Buxoro davlat universiteti, tayanch doktoranti 
Jahonda iqtisodiy tarmoqlarining o‘zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi va sohaga 
sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bo‘g‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda [1]. Hozirgi global 
rivojlanish davrda barcha sohalar singari transport sohasida raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi 
jadallashmoqda. So‘nggi yillarda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda innovatsion harakatlanish 


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
88 
imkoniyatlarining kengayishi xorijiy va mahalliy aholi uchun qulay transport xizmatlari sezilarli darajada 
kengaytirdi. Hamda, yetakchi davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida O’zbekistonning 
iqtisodiy taraqqiyotida transport xizmatlar sifatini oshirishda raqamli iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish 
zarurligiga undamoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 5 oktabrdagi “Raqamli O’zbekiston - 2030” 
strategiyani tasdiqlash va uni samarali oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PF-6079 sonli farmonida 
“Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasining ikkinchi bobida: Raqamli rivojlanishning strategik 
maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlarida 2022-yilda respublikaning viloyat markazlarida jamoat 
transportlarida yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 
90 foizga yetkazish, har qanday yo‘lovchi transportida chipta sotib olish uchun yagona platformani yaratish, 
transport tizimini kompleks rivojlantirish uchun dasturiy modellashtirish tizimlaridan foydalanish 
mexanizmlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasida doirasida 2020 – 2022-yillarda Buxoro 
viloyatini raqamli transformatsiya qilish dasturi doirasida umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchi 
tashish transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi imkoniyatlarini joriy etish, avtobuslarni statsionar 
validatorlar bilan jihozlash, avtomatlashtirilgan transport kartalarini sotish qurilmalarini o‘rnatish, hamda, 
“Tizimni “Raqamli Buxoro” geoaxborot tizimiga integratsiyani ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan [2]. 
Ushbu qarorda ta’kidlaganidek, Buxoro viloyatining jamoat transportini raqamlashtirish viloyat transport 
xizmatlari sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jamoat transportini raqamlashtirish transport kompaniyalariga o'z mijozlariga xizmat ko'rsatish 
zanjiri (qidiruv-buyutma-to‘lov-boshqarish) bo'ylab integratsiyalashgan raqamli xizmatlarni taklif qilish va 
o'zlarining transport operatsiyalarini optimallashtirish uchun yangi imkoniyatlar beradi [3]. Jamoat 
transportlarning raqamlashtirishda asosan elektron chipta sotuvi va xaridi (yo‘l kiraning elektron 
ko‘rinishi), mahalliy va xorijiy sayyohlarning sayohat davomida jamoat transporti foydalanish maqsadida 
sayohat yo‘nalishlarini navigatsiya orqali (google map, maps.me, maps va boshqa navigatsiya dasturlari) 
boshqarish, shuningdek, transport vositalarida ya’ni jamoat transportlari va avtobus bekatlarida 
avtobuslarning harakatlarning mobil dasturlar yordamida onlayn kuzatishlarni olib borishlar kiradi. Xullas, 
Raqamli transport deganda transport vositalari, infratuzilma va logistika kabi transport tizimlarini 
yaxshilash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish tushuniladi. U narsalar internet yoki buyumlar 
interneti deb ham nomlanadi (IoT-internet of things), sun’iy intellekt (AI- artificial intelligence), bulutli 
hisoblash (cloud computing) va katta ma'lumotlar tahlili kabi keng ko'lamli texnologiyalarni o'z ichiga 
oladi. Quyidagi chizmada transport xizmatlar sifatini yana oshirishga qaratilgan bo‘lib, bunda asosan 
raqamli transport xizmatlar afzallik tomonlari keltirilgan.
1-chizma 
Bilamizki, raqamli avlodning kirishi texnologiyalar tomonidan aqlli telefonlar, aniq vaqtni 
rejalashtirish, ochiq ma’lumotlar bazasi va mijozlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishlar kabi qulayliklarni 
paydo bo‘ldi. Jamoat transportlarida masofaviy boshqarish va ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish, 
asosan mobil dasturlar orqali amalga oshiriladi. Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O’zbekiston 
Respublikasida 2023 yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishi tashkil etadi, hamda, mobil 
aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qarib 32 mln nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shundan, 27 mln nafari 
aholida qayd etilgan. Jumladan, mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishida hisobiga 75 birlikni 
tashkil etadi. 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling