«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- RAQAMLI TRANSPORT XIZMATLARI SIFATINI MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANIB OSHIRISH
- “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Todua N., Jashi C. Main Aspects of service quality in the Hotel Industry of Georgia //4 th International Conference on Contemporary Marketing Issues ICCMI June 22-24, 2016 Heraklion, Greece. – 2016. – С. 431. 2. Sharma S., Srivastava S. Relationship between service quality and customer satisfaction in hotel industry //TRJ Tourism Research Journal. – 2018. – Т. 2. – №. 1. – С. 42-49. 3. Davronov I. IMPROVEMENT OF QUALITY INNOVATIVE SERVICES IN BUKHARA HOTELS //" Экономика и туризм" международный научно-инновационной журнал. – 2022. – Т. 1. – №. 3. 4. Пономаренко Е. И. Совершенствование качества гостиничных услуг : дис. – 2018. 5. Davronov I. O. Economic Importance of Innovative Technologies for Improving Hotel Services //International Journal of Business, Technology and Organizational Behavior (IJBTOB). – 2021. – Т. 1. – №. 3. – С. 169-175. RAQAMLI TRANSPORT XIZMATLARI SIFATINI MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANIB OSHIRISH (UzTransport va UzTmyBus mobil ilovalari misolida) Farmanov Erkin Alimovich Buxoro davlat universiteti, tayanch doktoranti Jahonda iqtisodiy tarmoqlarining o‘zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi va sohaga sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bo‘g‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda [1]. Hozirgi global rivojlanish davrda barcha sohalar singari transport sohasida raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi jadallashmoqda. So‘nggi yillarda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda innovatsion harakatlanish “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 88 imkoniyatlarining kengayishi xorijiy va mahalliy aholi uchun qulay transport xizmatlari sezilarli darajada kengaytirdi. Hamda, yetakchi davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida transport xizmatlar sifatini oshirishda raqamli iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish zarurligiga undamoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 5 oktabrdagi “Raqamli O’zbekiston - 2030” strategiyani tasdiqlash va uni samarali oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PF-6079 sonli farmonida “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasining ikkinchi bobida: Raqamli rivojlanishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlarida 2022-yilda respublikaning viloyat markazlarida jamoat transportlarida yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 90 foizga yetkazish, har qanday yo‘lovchi transportida chipta sotib olish uchun yagona platformani yaratish, transport tizimini kompleks rivojlantirish uchun dasturiy modellashtirish tizimlaridan foydalanish mexanizmlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasida doirasida 2020 – 2022-yillarda Buxoro viloyatini raqamli transformatsiya qilish dasturi doirasida umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchi tashish transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi imkoniyatlarini joriy etish, avtobuslarni statsionar validatorlar bilan jihozlash, avtomatlashtirilgan transport kartalarini sotish qurilmalarini o‘rnatish, hamda, “Tizimni “Raqamli Buxoro” geoaxborot tizimiga integratsiyani ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan [2]. Ushbu qarorda ta’kidlaganidek, Buxoro viloyatining jamoat transportini raqamlashtirish viloyat transport xizmatlari sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoat transportini raqamlashtirish transport kompaniyalariga o'z mijozlariga xizmat ko'rsatish zanjiri (qidiruv-buyutma-to‘lov-boshqarish) bo'ylab integratsiyalashgan raqamli xizmatlarni taklif qilish va o'zlarining transport operatsiyalarini optimallashtirish uchun yangi imkoniyatlar beradi [3]. Jamoat transportlarning raqamlashtirishda asosan elektron chipta sotuvi va xaridi (yo‘l kiraning elektron ko‘rinishi), mahalliy va xorijiy sayyohlarning sayohat davomida jamoat transporti foydalanish maqsadida sayohat yo‘nalishlarini navigatsiya orqali (google map, maps.me, maps va boshqa navigatsiya dasturlari) boshqarish, shuningdek, transport vositalarida ya’ni jamoat transportlari va avtobus bekatlarida avtobuslarning harakatlarning mobil dasturlar yordamida onlayn kuzatishlarni olib borishlar kiradi. Xullas, Raqamli transport deganda transport vositalari, infratuzilma va logistika kabi transport tizimlarini yaxshilash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish tushuniladi. U narsalar internet yoki buyumlar interneti deb ham nomlanadi (IoT-internet of things), sun’iy intellekt (AI- artificial intelligence), bulutli hisoblash (cloud computing) va katta ma'lumotlar tahlili kabi keng ko'lamli texnologiyalarni o'z ichiga oladi. Quyidagi chizmada transport xizmatlar sifatini yana oshirishga qaratilgan bo‘lib, bunda asosan raqamli transport xizmatlar afzallik tomonlari keltirilgan. 1-chizma Bilamizki, raqamli avlodning kirishi texnologiyalar tomonidan aqlli telefonlar, aniq vaqtni rejalashtirish, ochiq ma’lumotlar bazasi va mijozlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishlar kabi qulayliklarni paydo bo‘ldi. Jamoat transportlarida masofaviy boshqarish va ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish, asosan mobil dasturlar orqali amalga oshiriladi. Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasida 2023 yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishi tashkil etadi, hamda, mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qarib 32 mln nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shundan, 27 mln nafari aholida qayd etilgan. Jumladan, mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishida hisobiga 75 birlikni tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling