«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
116 
mamlakatlarda onkologik kasalliklar 20 foizga ko‘paygan. Kimyoviy moddalardan zaharlanish oqibatida 
yiliga 47 ming nafar inson nobud bo‘lmoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar (Xitoy va Hindiston)da 
atmosfera zaharlanib, ekologiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Havodagi chang va chiqindilar yurak, qon-
tomir, o‘pka va nafas olish yo‘llarini kasallantirib, insoniyat sog‘ligiga jiddiy xavf tug‘dirib kelmoqda. 
Jumladan, dunyo bo‘yicha ekologiya buzilishi yuqori darajada bo‘lgan Xitoy davlati 2011-2016 yillarda 
suvning ifloslanishiga qarshi chora-tadbirlarga 112,4 milliard dollar miqdorida sarmoyalar jalb etdi. Lekin 
bu kutilgan natijani bermadi. 
Yuqorida qayd etib o‘tilgan ko‘rsatkichlar va raqamlar dunyo miqyosida ekologik toza hududlarning 
insoniyat hayotiga va yashash tarziga, sog‘lig‘i, umri uchun naqadar muhim ahamiyat kasb etishini belgilab 
bermoqdaki, bu dolzarb global masala o‘z-o‘zidan ekologik sof hududlarni ko‘paytirish, asrab-avaylash, 
takomillashtirish, shart-sharoitlarni xalqaro andozalarga moslashtirish kabi chora-tadbirlar rejasini tuzishni 
taqozo etmoqda. Ayni kunda Kanada davlatining turizm sohasidan oladigan foydasining to‘rtdan bir qismi 
aynan ekoturizm hisobiga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, ekologik turizmning rivojlanishida 
o‘simliklar olami muhim ahamiyat kasb etar ekan, “...O‘simlik dunyosi ob’ektlari o‘sadigan muhitga ta’sir 
ko‘rsatadigan faoliyat o‘simlik dunyosi ob’ektlarining saqlanishini ta’minlaydigan talablarga rioya etilgan 
holda amalga oshirilishi lozim. Shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan va aholining dam olishi uchun qulay 
shart-sharoit yaratadigan o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan sog‘lomlashtirish va rekreatsion maqsadlarda 
foydalaniladi...” {2}. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda turizm industriyasi mamlakatimiz uchun ayni kunda strategik 
sektorga aylanib borayotganligi va Prezidentimizning bu boradagi Farmoni mamlakatimiz sayyohlik 
salohiyatini yanada yuksaltirish, mazkur jabhada olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib 
chiqishda muhim asos bo‘ladi. 
Bugungi kunda dunyo miqyosida xalqaro sayyohlar oqimining yiliga 5 foizga ortayotganligini {3} 
uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 foizdan ko‘proqni tashkil etayotgani, ishga layoqatli 
aholining 8 foiziga yaqini aynan shu jabhada mehnat qilayotgani soha yil sayin rivojlanayotganidan 
dalolatdir. Mamlakatimizda sayyohlikning ko‘plab tarmoqlarini tashkil etish va yaratish hamda yanada 
takomillashtirish, taraqqiy ettirish uchun tabiiy imkoniyatlar mavjud. 
Mamlakatimizda qo‘riqlanadigan yerlarning umumiy maydoni bugungi kunda 2 million gektarni 
tashkil etadi, bundan tashqari, 11 ta qo‘riqlanadigan tabiiy hududiy ob’ektlar, 8 ta qo‘riqxona, 400 dan ortiq 
tabiat yodgorliklari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 
Shunisi, e’tiborga molikki, ayni kunda O‘zbekiston ekologik muvozanatni saqlash, atrof-muhitni 
asrab-avaylashga qaratilgan choralarni ko‘rayotgan yetakchi davlatlar qatoridan joy olmoqda. Bugungi 
kunda turizmning ekologik yo‘nalishiga turizm qonunchiligidan tashqari “Tabiatni muhofaza qilish va 
undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, 
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tartibga solinayotganligi e’tiborga 
molik. 
Bu sohada qilinayotgan islohotlar va sa’y harakatlardan maqsad mamlakatimizda turizm industriyasi 
(ekoturizm)ni rivojlantirishni jadal sur’atlarda taraqqiy ettirish orqali aholi farovonligini yanada 
oshirishdan iboratdir. 
Turizm yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan davlatlar, masalan Malayziya davlatida ham alohida 
Turizm qo‘mitasi faoliyat olib boradi va viza ishlarida qulayliklar berilgan. 
Dubayda esa cho‘l zonasida mashhur landshaftchi dizayner Kristofer Devis tomonidan sayyohlar 
uchun maxsus “yashil sayyora” 2016 yilda qurib bitkazildi. Ushbu yashil sayyoraga kirgan har qanday 
sayyoh o‘zini naq cho‘lning o‘rtasida ekanligini mutlaqo unutadi. 
O‘zbekistonning boy madaniy merosi va qadimiy tarixi viloyatlarda sayyohlik infratuzilmalarni 
yanada takomillashtirishni ta’minlashi mumkin. 
Mintaqalarning tog‘li hududlarida dorivor giyohlarni yig‘ish, o‘rmon xo‘jaliklarini kengaytirish, 
yirik plantatsiyalarni barpo etish lozim. Masalan, Shimoliy Sharqiy Afrikada joylashgan, hududi 446 550 
km kvadrat, aholisi 31 mln. 627428 ming nafar bo‘lgan (Morosso) Marokashda ekoturizm rivojlangan 
bo‘lib, argan yog‘i yetishtiradigan yirik plantatsiyalari mavjud. Ushbu yashil maydonlar davlatning 
iqtisodiy salohiyatiga ikki tomonlama foyda keltirmoqda. Ya’ni, ko‘p gektarlik hududlardagi tabiat 
manzarasidan sayyohlar uchun tomoshagoh sifatida foydalanilsa, ikkinchi tomondan, bu yerda qimmatli 
shifobaxsh o‘simlik yog‘i ham yetishtiriladi. 
2016 yilning 8-10 dekabr kunlari mamlakatimizda 1-Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazildi. 
Ushbu o‘tkazilgan forum O‘zbekistonning nafaqat mazali, balki ekologik toza, shifobaxsh noz-ne’matlar 
yetishtirayotgan va ekologik toza oziq-ovqat sanoati jadal rivojlanayotgan mamlakat ekanligini ham 
namoyish etdi. Mamlakatimizda bog‘dorchilik, sabzavot-polizchilik hamda uzumchilik tarmoqlari rivoji 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling