«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
118 
yanada yuksalishida, tabiatining diqqatga sazovor joylari, tarixiy yodgorliklari va milliy an’analarini asrab-
avaylash borasida millatning yanada hamjihatligini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotini yanada 
taraqqiy ettirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda sohaning O‘zbekiston YaIMdagi ulushi atigi 3 foizni 
tashkil qiladi. Mamlakatimiz salohiyatini inobatga oladigan bo‘lsak, bu juda kichik ko‘rsatkichdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal 
rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Xalq so‘zi, 2016 yil 7 dekabr, № 242 (6677). 
2. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan 543-1-sonli, “O‘simlik dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahriri. 2016 yil 21 sentabrdagi O‘RQ-409-sonli. 
3. “Davr” axborot dasturi ma’lumotlari. 2017 yil 8 yanvar. 
4. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2666-sonli Qarori, T; 2016 yil 2 dekabr. 
 
TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB MASALA 
Axrorova Nafisabonu Olimjonovna. BuxDU, Buxgalteriya 
hisobi va statistika kafedrasi 
Мамlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy masalalaridan biri bu , turizmni rivojlantirish 
masalasidir. Shunga ko’ra yurtimizda turizmni rivojlantirishda jadal ishlar olib borilmoqda. Buning asosida 
Prezidentimizni bugungi kunda turizm sohasiga oid chiqarayotgan qaror va farmonlarini ko’rishimiz 
mumkin. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni , O'zbekiston Prezidentining «O'zbekiston 
Respublikasida o'rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo'yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish 
choralari to'g'risida»gi qarorini hamda Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi «2018–2019 yillarda 
turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori bu boradagi 
ishlarni yangi bosqichga ko'tardi. Qarorga ko'ra, 2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar 
yechimiga bag'ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to'liq ijrosini ta`minlash va sohada olib 
borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo'yicha 
muvofiqlashtirish kengashi tuzildi.Ushbu qarorlarga muvofiq boy o‘tmishimizdan dalolat beradigan 
qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylash, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, 
Farg’ona,Urganch shaharlaridagi zamonaviy binolar, joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy 
hunarmandchilik markazlari ushbu hududlarda nafaqat xalqaro, balki ichki turizmni ham rivojlantirishga 
oid ishlar olib borilishiga sabab bo’lmoqda. Andijon Buxaro Samarqand shaharlarini o’zaro turizmni yo’lga 
qo’yilishi ham turizm sohasini rivojlanishiga sabab bo’ladi. 
Ichki sayyohlik xizmatini rivojlantirish borasida Andijon viloyatida keng ko‘lamli ishlar olib 
borilmoqda. Viloyatdagi sayyohlik obyektlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish, xizmat 
ko‘rsatishning sifati va samaradorligini bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarishga qaratilgan aniq chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Andijonda turistlarni jalb qiluvchi O‘lkashunoslik, Adabiyot va san’at 
muzeylari, Andijon shahridagi Bog‘i Bobur, Buloqboshi tumanidagi “Shirmonbuloq”, Xonoboddagi 
“Xontog‘” dam olish maskanlari, Andijon shahridagi Mirpo‘stin ota, Jalaquduq tumanidagi Qutayba ibn 
Muslim, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Bibiseshanba, Xonoboddagi Fozilmonota, Xo‘jaobod tumanidagi 
Imomota, Baliqchi tumanidagi Uch buloq, Tuzluqmomo, Andijon tumanidagi Mehmoni Valiy 
ziyoratgohlari, Jalaquduq tumanidagi Sarvontepa, Chordona, Buloqboshi tumanidagi Toshtepa, Marhamat 
tumanidagi Mingtepa singari arxeologik yodgorliklar, ayniqsa, sayyohatchilar bilan gavjum bo‘ladigan 
maskanlardir. Samarqand “Yer yuzining sayqali”, “Sharq gavhari” deb ataladigan qadimiy va hamisha 
navqiron ushbu shahar azaldan ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lib kelgan. O‘tgan yillar 
mobaynida bu yerda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Registon, Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, 
Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr va Bibixonim masjidlari, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasini ta’mirlash 
hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ular atrofida chiroyli bog‘ va 
xiyobonlar barpo etildi. 
Nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat boyligi hisoblangan ushbu yodgorliklar 2001-yili 
YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Aholi bandligini ta’minlash va shahar 
iqtisodiyotini 
mustahkamlashda 
Samarqandning 
boy 
sayyohlik 
imkoniyatlaridan 
samarali 
foydalanilmoqda. Bugungi kunda bu yerda qariyb ikki yuzta sayyohlik firmasi va mehmonxona faoliyat 
ko‘rsatadi. Samarqand shahridagi taksilarga ham chet el davlatlarida bor imkoniyat Wi-Fi xizmati joriy 
qilingan. Bu ham turizm sohasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shadi. Turizm sohasini rivojlantirish 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling