«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
118 yanada yuksalishida, tabiatining diqqatga sazovor joylari, tarixiy yodgorliklari va milliy an’analarini asrab- avaylash borasida millatning yanada hamjihatligini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda sohaning O‘zbekiston YaIMdagi ulushi atigi 3 foizni tashkil qiladi. Mamlakatimiz salohiyatini inobatga oladigan bo‘lsak, bu juda kichik ko‘rsatkichdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Xalq so‘zi, 2016 yil 7 dekabr, № 242 (6677). 2. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan 543-1-sonli, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahriri. 2016 yil 21 sentabrdagi O‘RQ-409-sonli. 3. “Davr” axborot dasturi ma’lumotlari. 2017 yil 8 yanvar. 4. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2666-sonli Qarori, T; 2016 yil 2 dekabr. TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB MASALA Axrorova Nafisabonu Olimjonovna. BuxDU, Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi Мамlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy masalalaridan biri bu , turizmni rivojlantirish masalasidir. Shunga ko’ra yurtimizda turizmni rivojlantirishda jadal ishlar olib borilmoqda. Buning asosida Prezidentimizni bugungi kunda turizm sohasiga oid chiqarayotgan qaror va farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni , O'zbekiston Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida o'rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo'yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to'g'risida»gi qarorini hamda Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi «2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi. Qarorga ko'ra, 2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga bag'ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to'liq ijrosini ta`minlash va sohada olib borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtirish kengashi tuzildi.Ushbu qarorlarga muvofiq boy o‘tmishimizdan dalolat beradigan qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylash, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Farg’ona,Urganch shaharlaridagi zamonaviy binolar, joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy hunarmandchilik markazlari ushbu hududlarda nafaqat xalqaro, balki ichki turizmni ham rivojlantirishga oid ishlar olib borilishiga sabab bo’lmoqda. Andijon Buxaro Samarqand shaharlarini o’zaro turizmni yo’lga qo’yilishi ham turizm sohasini rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ichki sayyohlik xizmatini rivojlantirish borasida Andijon viloyatida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Viloyatdagi sayyohlik obyektlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish, xizmat ko‘rsatishning sifati va samaradorligini bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarishga qaratilgan aniq chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Andijonda turistlarni jalb qiluvchi O‘lkashunoslik, Adabiyot va san’at muzeylari, Andijon shahridagi Bog‘i Bobur, Buloqboshi tumanidagi “Shirmonbuloq”, Xonoboddagi “Xontog‘” dam olish maskanlari, Andijon shahridagi Mirpo‘stin ota, Jalaquduq tumanidagi Qutayba ibn Muslim, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Bibiseshanba, Xonoboddagi Fozilmonota, Xo‘jaobod tumanidagi Imomota, Baliqchi tumanidagi Uch buloq, Tuzluqmomo, Andijon tumanidagi Mehmoni Valiy ziyoratgohlari, Jalaquduq tumanidagi Sarvontepa, Chordona, Buloqboshi tumanidagi Toshtepa, Marhamat tumanidagi Mingtepa singari arxeologik yodgorliklar, ayniqsa, sayyohatchilar bilan gavjum bo‘ladigan maskanlardir. Samarqand “Yer yuzining sayqali”, “Sharq gavhari” deb ataladigan qadimiy va hamisha navqiron ushbu shahar azaldan ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lib kelgan. O‘tgan yillar mobaynida bu yerda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Registon, Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr va Bibixonim masjidlari, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ular atrofida chiroyli bog‘ va xiyobonlar barpo etildi. Nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat boyligi hisoblangan ushbu yodgorliklar 2001-yili YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Aholi bandligini ta’minlash va shahar iqtisodiyotini mustahkamlashda Samarqandning boy sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Bugungi kunda bu yerda qariyb ikki yuzta sayyohlik firmasi va mehmonxona faoliyat ko‘rsatadi. Samarqand shahridagi taksilarga ham chet el davlatlarida bor imkoniyat Wi-Fi xizmati joriy qilingan. Bu ham turizm sohasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shadi. Turizm sohasini rivojlantirish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling