«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
117 
bevosita ekoturizm rivojiga muhim hissa qo‘shadi deb hisoblaymiz. So‘nggi 10 yilda mamlakatimizda 100 
ming gektar mevali bog‘ va tokzorlar, 22 ming gektardan ziyod intensiv bog‘lar bunyod qilindi. 2016 yilda 
yurtimizda 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 
1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva kabi ekologik sof mahsulotlar yetishtirilib, 
aholining ehtiyojlari ta’minlandi.
Bog‘dorchilikda jahonning ilg‘or tajribalari, zamonaviy agrotexnologiyalar tatbiq etilayotgani 
hosildorlikning muttasil o‘sib borishida muhim omil bo‘lmoqda. Fikrimizcha, intensiv usulda ekobog‘larni 
yaratish - ekoturizm rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida ekspertlar tomonidan mahsulotlarimizning ekologik toza, 
foydali va haqiqiy brendga aylanganligining e’tirof etilishi ekoturizmni taraqqiy toptirishning muhim 
omillari ekanligini ko‘rsatdi. Masalan: 
mevalari g‘arq pishgan, xushbo‘y hidi dimog‘ingizga kirgan ekobog‘lar har qanday sayyohning 
bahridilini ochadi, ajoyib taassurot qoldiradi. O‘ziga xos tuproq, iqlim sharoiti, yuksak 
bog‘dorchilik madaniyati va eng asosiysi ekologik toza, kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanilmaslik 
bizning brend mahsulotlarimizning muhim xususiyatidir. 
mamlakatimizning ba’zi bir hududlarida ekoturizmni rivojlantirish uchun ushbu sohaga 
sayyohlarni yo‘naltirish, shuningdek, xorijlik sayyohlarni yetkazib kelish birmuncha muammo, 
qiyinchilik tug‘dirib kelmoqda edi. Lekin ayni kunda umumiy qiymati 1,6 mlrd. AQSh dollariga 
teng bo‘lgan, Xitoy-Markaziy Osiyo-Yevropa davlatlarini bog‘lovchi Angren-Pop temir yo‘li qurib 
bitkazilganligini muhim asos sifatida tilga olish joiz. 
ekoturistik sayohatga chiquvchilar, avvalo, albatta sog‘liqlarini tiklash maqsadida kelar ekan, 
shifobaxsh ma’danli suvlar haqidagi qo‘llanmaning yo‘nalishlari haqidagi risola qo‘llarida 
bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ma’danli, shifobaxsh buloqlar ham ekoturizmni 
rivojlantirishdagi muhim omillardan biridir. Jumladan, ma’danli suv va buloqlarimiz quloq, 
tomoq, ichki organlar, turli teri kasalliklari davosida foydalidir. Ularning shifobaxshlik 
xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro miqyosda sog‘liqni tiklashga ko‘maklashish orqali 
hududlarning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish mumkin, deb hisoblaymiz. Turizmda yetakchi 
mamlakat hisoblangan Gruziyaning iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan tabiiy 
boyliklaridan biri – mamlakatdagi ko‘plab mineral va shifobaxsh termal buloqlardir. Aynan 
shularning asosida ellikka yaqin yirik xalqaro sog‘lomlashtirish sihatgohlari yaratilgan. 
Bundan 1000 yil avval yashab ijod etgan mashhur turk olimi, 16 yillik umrini dunyo kezib sayyohlikda 
o‘tkazgan Yoqut Hamaviy o‘z asarlarida o‘lkamizning har bir mintaqalari xususida alohida to‘xtalib o‘tgan. 
Aslida, bir marta ekoturizmga sayohatga chiqqan kishining fikri oshadi, dunyoqarashi ijobiy tomonga 
o‘zgaradi, shuningdek, agar hordiq yaxshi bo‘lsa, ertangi kun ish samaradorligiga ham ijobiy ta’sir etib, 
foydali ish koeffitsienti yuqori bo‘ladi. 
Mamlakatimizda “…ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy 
dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm 
turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan...”{4} 
mamlakatimizda ekoturizmni jadal sur’atlarda rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim deb 
hisoblaymiz: 
 yurtimiz mintaqalari bo‘ylab tabiiy landshaftga ega hududlar juda ko‘p, lekin ularda shart-sharoit 
yaratish uchun chet ellik investorlarni jalb etish lozim; 
 har bir mintaqaning o‘ziga xosligi, tabiat manzarasi tog‘li hudud, cho‘l zonasi, adirliklar, baland, 
past-tekisliklar, daryo, soy bo‘yi ekanligiga alohida ahamiyat berishlik
 strategik sektorga aylanib borayotgan turizm industriyasining rivoji yosh salohiyatli, malakali 
kadrlarga bog‘liqligini inobatga olib, soha mutaxassislari malakasini muntazam oshirib borish; 
milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan 
faol reklama-axborot siyosatini yanada jadallashtirish; 
ekoturizmni rivojlantirishning muhim ob’ekti va omillari - quyonchilik, tuyachilik, baliqchilik 
xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish; 
turizmda yetakchi davlatlar turizm industriyasi amaliyotining o‘ziga xos tomonlarini 
mamlakatimizga tatbiq etish; 
madaniy meros ro‘yxatiga kirgan shifobaxsh ziyoratgohlarning tanishtiruv qo‘llanmasining 
inglizcha variantlarini tayyorlash. 
Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish - iqtisodiy jihatdan jamiyatga naf keltirishi bilan birga, 
insonlarning uzoq umr ko‘rishi, shuningdek, kelgusi avlodlarga ozod va obod, hur Vatan meros bo‘lib 
qolishini ta’minlashda muhim omildir. Turizmning rivojlanishi mamlakatimiz iqtisodiyoti, madaniyatining 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling