«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


O‘ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISh OMILLARI VA UNDAN SAMARALI


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

O‘ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISh OMILLARI VA UNDAN SAMARALI 
FOYDALANISh YO‘LLARI 
Malikova Shoira Baxtiyorovna.
Buxoro davlat universiteti
Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi o‘qituvchisi 
Mamlakatimizda turizm sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida bir qator imkoniyat va yengilliklar belgilab berildiki, 
bu mamlakatimizni Markaziy Osiyo davlatlari orasida turizm markaziga aylantirishga erishish uchun 
yetarlicha asos borligini ko‘rsatib bermoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganlaridek, “...O‘zbekiston noyob bir mamlakat bo‘lib, uning 
hududida eng qadimgi tamaddun va madaniyatlar yuzaga kelgan, rivojlangan, o‘z jozibadorligi jihatidan 
dunyodagi dam olish va sayohatlar uchun eng yaxshi maskanlardan qolishmaydigan ulkan turizm 
salohiyatiga ega...” mamlakatdir {1}. Respublikamiz har bir mintaqasining o‘ziga xos salohiyati, san’ati va 
madaniyati, lapar, kuy va qo‘shiqlari, osoriatiqalari, milliy taomlari, qo‘riqxonalari, tabiati, flora va faunasi, 
ixtisoslashgan dehqonchiligi va bog‘dorchiligi, milliy urf-odatlari mavjud bo‘lib, bulardan oqilona 
foydalanib, turizmning ekologik yo‘nalishini rivojlantirish mumkin deb hisoblaymiz. Ekoturizm – 
faqatgina ekologiyaga oid tushuncha emas, balki salomatlikni tiklash, dam olish va aholini qo‘shimcha 
daromad topishga undovchi sayohat turidir. 
Bugungi kunda havoning ifloslanishi natijasida dunyo miqyosida yiliga 4,3 million (Quvayt, 
Xorvatiya davlatlarining aholisiga teng) kishi nobud bo‘lmoqda. So‘nggi paytlarda kimyoviy vositalardan 
foydalanish keskin oshib ketdi. Ayni kunda yer yuzida 400 million tonnadan ortiq vositalar va oziq-ovqat 
mahsulotlaridan foydalanilmoqda. Zaharli kimyoviy vositalardan foydalanish oqibatida ayrim 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling