«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
113 
- xorijiy fuqarolarni respublika hududida vaqtinchalik ro’yxatga olish tartibi soddalashtirilgani
mazkur tartib ―E-MENMONXONA tizimi orqali to’liq elektron shaklga o’tkazilgani;
- mehmon uylarini sertifikatsiya qilish tartibi bekor qilingani kabilar.
Respublika hududiga olib kirilayotgan 8 va undan ko’proq yo’lovchi tashishga mo’ljallangan 
turistik klassdagi avtotransport vositalarini sertifikatsiya qilishning yangi mexanizmi joriy etilgani hamda 
buning natijasida 2018-yilda turistik klass avtotransport vositalarining parki 128 donaga ko’paytirilgani (47 
avtobus va 81 mikroavtobus). Ma‘lumot o‘rnida aytib o‘tishimiz mumkinki bugungi kunda:

2019 yilda vizasiz rejim qo'shimcha ravishda o'rnatilgan davlatlar soni: 47; 

Vizasiz rejimga ega mamlakatlarning umumiy soni: 86; 

Fuqarolari elektron kirish vizasini olishlari mumkin bo'lgan davlatlar soni: 57; 

Berilgan elektron vizalar soni: 60 mingni tashkil qiladi

Vizalarning yangi besh toifasi joriy qilindi: "Vatandosh", Talaba vizasi, akademik viza, tibbiy viza, 
ziyoratchilar vizasi.
Shuningdek, turistik faoliyatning asosiy sub'ekti - turoperatorlarning soni sezilarli darajada 
ko'paydi. Xususan, 2019 yilda 517 turoperator, 2020 yilda 337 ta, 2021 yilda 288 turoperator faoliyat yuritib 
kelgan. Uular tomonidan xizmat ko‘rsatilganlar tashrif buyuruvchilar soni 2021 yilda 577,8 ming, 
shulardan 525,2 ming kishi qabul qilingan va 54,7 ming kishi jo’natilgan2.
Xorijiy mamlakatlar va Mustadil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlaridan O'zbekistonga eng ko'p 
sayyohlar Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afg'oniston, Xitoy, Koreya va boshqalardan kelgan. 
O‘zbekiston ko‘p asrlik tarixni zamonaviy san’at va infratuzilma bilan uzviy bog‘lab turgan 
Markaziy Osiyoning eng maftunkor respublikalaridan biridir. Yilning istalgan vaqtida bu yerda har kim 
o'ziga yoqadigan narsani topadi. Bu hudud turli xil turizm turlarini taklif qilishi mumkin. 
Hukumat turizmga har qachongidan ham katta ahamiyat berib, uni faol rivojlantirish yo‘lida 
harakat qilmoqda, sayyohlarni jalb etish bo‘yicha turli strategiyalar ishlab chiqilmoqda. 
Vazirlar Mahkamasining 10 iyul 2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash 
va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 433-son qarori bilan 
quyidagilar tasdiqlandi3: 

Turoperator va turagentlik хizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; 

Turizm aхborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi 
nizom. 
O’zbekiston katta turistik salohiyatiga qaramay past bo'lgan mamlakat bo'lishiga qaramay kirish 
va ichki turizmning rivojlanish past darajada qolmoqda. Shuning uchun turistlar oqimini jalb qilish 
turizmning turli turlari doirasida O’zbekistonda dam olish zonalarini rivojlantirish rejalashtirishning asosiy 
vazifalaridan biriga aylanadi. 
Hozirgi paytda barcha turistik firmalar deyarli tadbirkorlik asosida xususiy mulk evaziga shakllanib 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular 600 dan ziyod firma, kompaniya va turoperatorlar sifatida dunyoning 80 dan 
ortiq davlat bilan bevosita aloqa o‘rnatib turistlarni jo‘natish va qabul qilish bilan shug‘illanmoqda.
2016 yilda faol sayyohlik kompaniyalari soni 433 tani tashkil etgan bo'lsa, 2021 yilga kelib 288 
taga tushgan. Turistik xizmatlar ko‘rsatilganlar soni 2016-yilda 465,4 ming kishini, 2021-yilda esa 577,8 
ming nafarni tashkil etdi. 
2021-yilda sotilgan turlarning 98,7 foizi (101,7 ming dona) bevosita aholi tomonidan xarid 
qilingan. Xususan, O‘zbekiston hududi orqali O‘zbekiston fuqarolariga 44,8 ming tur (44,0 foiz), MDH 
fuqarolariga 9,9 ming tur (9,8 foiz), 31,8 ming tur (31,3 foiz) sotilgan. Jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga 
xorijiy davlatlarga 15,2 ming tur sotildi. 
Shunday qilib, maqsadli auditoriyani jalb qilish va ularning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha 
kompleks taklif ularga mamlakatning asosiy mavjud afzalliklari kombinatsiyasini yetkazishdir.

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling