Reja: Kirish Korxonalarni strategik boshqarish tushunchasi va invistitsiyalarni jalb qilish mohiyati. Invistitsion faoliyatni strategik boshqarish bo‘yicha adabiyotlar


Download 154.64 Kb.
bet1/6
Sana23.12.2022
Hajmi154.64 Kb.
#1047245
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Invistitsiyalarni jalb qilish va strategik boshqarish Rej


Korxonaning investitsiya strategiyasi. Investitsion loyiha, uning samaradorligini hisoblash. Investitsiya oqimini diskontlashtirish.
Reja:
Kirish
1. Korxonalarni strategik boshqarish tushunchasi va invistitsiyalarni jalb qilish mohiyati.
2. Invistitsion faoliyatni strategik boshqarish bo‘yicha adabiyotlar sharhi
3. Korxona investitsion strategiyasi mohiyati va uni amalga oshirish bosqichlari
4. Xorij tajribasi asosida investitsiya jalb qilishni tashkil qilish yo‘llari
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati


Kirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning, ayniqsa strategik boshqaruvning turli sohalarida ijobiy o`zgarishlar bo`lishi muhim vazifalardan biri sanaladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni strategik boshqarishda yangi talablar paydo bo`lmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o`tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o`tish bilan tavsiflanadi. Bu o`z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Samarali boshqarish o`z navbatida ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini va buning natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi ko'p jihatdan to'g'ri va asoslangan investitsiya siyosatiga bog'liqdir. Mamlakatimizda investitsion faoliyatni iqtisodiy muhit shart sharoitlariga muvofiq rivojlantirish, ularni jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhalaridagi faolligini ta'minlash, milliy ishlab chiqarish jarayonining modernizatsiyalashuvi hamda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashning muhim omillaridan biri bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan har yili amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning kun tartibidagi asosiy masalalaridan biri bo'lib, investitsiyalarni mamlakat milliy iqtisodiyotiga jalb qilish masalasi turibdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Buni 2020-yilda kiritilgan jami investitsiyalar hajmidan ham bilib olish mumkin. Raqamlarga nazar soladigan bo'lsak, o'tgan 2020-yilda 16 milliard 700 million AQSH dollariga teng bo'lgan investitsiyalar o'zlashtirilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2019-yilga nisbatan 18,9 foizga ko'p ekanligidan dalolatdir. Ushbu investitsiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asbob-uskuna va ilg'or texnologiyalar sotib olishga yo'naltirildi. Shu boradagi umumiy qo'yilmalar hajmida xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 28,8 foizni to’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar miqdori 3 milliard 800 million dollardan ziyodni tashkil etdi.


  1. Download 154.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling