Reja: Kirish Korxonalarni strategik boshqarish tushunchasi va invistitsiyalarni jalb qilish mohiyati. Invistitsion faoliyatni strategik boshqarish bo‘yicha adabiyotlar
Markaziy Osiyo davlatlariga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar
Download 154.64 Kb.
|
Mavzu Invistitsiyalarni jalb qilish va strategik boshqarish Rej
4. Markaziy Osiyo davlatlariga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar
Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanayotgan mamlakatlar bo`lib, ularning iqtisodida rivojlangan mamlakatlar tomonidan kiritiladigan investitsiyalar alohida rol o`ynaydi. Markaziy Osiyodagi 5 mamlakt ham qulay investitsion muhit yaratishga harakat qiladi. Yuqoridagi afzalliklar ulardagi investitsion jozibadorlikni yanada oshiradi. Har bir davlat qulay investitsion muhit yaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli chora-tadbirlar ko`radi, ularni amalga oshiradi. Qonunchilikni amalga oshiradi. Xorijiy investitsiyalar orasida, ayniqsa, rivojlangan davlatlarning ulushi yuqori bo`lishi iqtisodiyot uchun yaxshi. Markaziy Osiyoda investitsion jozibadorligi eng yuqori bo`lgan davlat bu Qozog`iston Respublikasi bo`lib, uning qulay geografik joylashuvi, barqaror iqtisodi va siyosati xorijiy investorlarni o`ziga jalb qiladi. Qozog`istondaga ko`plab xorijiy davlatlardan investitsiyalar jajb qilinadi. Xususan, Yevropa Ittifoqi, shuningdek Buyuk britaniyadan ham ko`plab investitsiyalar kiritiladi. Eng katta investitsiyalar ham Yevropa mamlaktlaridan kiritiladi va asosan xomashyo mahsulotlari ishlab chiqarishga kiritiladi. 2008-yildan 2012-yilgacha bo`lgan davrda ham Qozog`istonning investitsion jozibadorligi Yevropa davlatlari uchun jozibador bo`ldi. O'zbekistonda investitsiya siyosatining maqsadi xo'jalik sub'ektlarining manfaatdorligini oshirish, moliyalashtirish manbalari tuzilmasini takomillashtirish va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda qo'shma korxonalar tashkil qilish asosida mamlakatning investitsiya saloxiyatini oshirishdan iborat. Oqilona investitsiya siyosati, birinchi navbatda, investitsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Investitsiya siyosati milliy va xorijiy investorlarning xo'jalik faoliyatini yuritishlari uchun qulay shart-sharoit yaratishi kerak. O'zbekistonda investitsiya siyosati islohotlarning dastlabki bosqichida iqtisodiyotga chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan edi. Shu maqsadda Davlat investitsiya dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanish sur'atlarini barqarorlashtirish imkonini berdi. O`zbekiston Respublikasida 2019 yilda ishlab chiqarish sohalariga yo`naltirilgan investitsiyalar miqdori (mlrd. so`m) Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi Rasmdan ko`rnib turibdiki, eng ko`p investitsiyalar transport va aloqa sohasiga yo`naltirilgan bo`lib, 4026,9 mlrd.so`mni tashkil etadi. Issiqlik energiyasiga 3768,4 mlrd.so`m, avtomobilsozlikka 953,8 mlrd.so`m, qishloq xo`jaligiga 905,8 mlrd so`m, metallurgiyaga 649,8 mlrd.so`m, yengil sanoatga 618,8 mlrd.so`m, kimyo va neft-kimyoga 499,9 mlrd. so`m, qurilish materiallariga 415,8 mlrd. so`m va 398 mlrd.so`m mablag` oziq-ovqat sanoatiga yo`naltirilgan. Ayni vaqtda O'zbekiston chet el investisiyalarini jalb etishda mintaqada Qozog'iston va Turkmanistondan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlangan tadrijiy rivojlanish modelining izchil hamda aniq maqsadli amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlariga ishonchli bardosh bermoqda. Shu bilan birga mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning barqaror o‘sish sur’atlari saqlanmoqda. Eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga oshdi. Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasida ko‘rilayotgan choralar shu yilning to‘qqiz oyida 18,4 ming yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish imkonini berdi. Ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 51 foizga yetdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal va muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi. Yuqori texnologiyalar sohasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish, polietilen va polipropilen mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi, zamonaviy gaz-kimyo komplekslarini qurish, zamonaviy va energiya tejaydigan texnologiyalar asosida mineral o‘g‘itlar hamda yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, eskirgan uskunalarni zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan almashtirish hisobidan energetikani jadal rivojlantirish kabi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz sanoatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorij sarmoyasining yildan-yilga ortayotgani buning yaqqol dalilidir. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchiligi tizimida eng ilg‘orlardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasini huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida 2012-yil 10-aprelda davlatimiz rahbarining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida ko`plab korxonalar tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa xorijiy investorlarning O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi va mustahkamligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi. Xo‘jalik sub’ektlari va aholining investitsion faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar ham korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiyalar hajmini ko‘paytirish imkonini berdi. Natijada 2012-yilda 106 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish nihoyasiga yetkazildi. “Sho‘rtanneftgaz” unitar sho‘ba korxonasida propanbutan aralashmasi qurilmasini barpo etish (5-navbat), Navoiy issiqlik elektr stansiyasida gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, Navoiy viloyatida texnik kremniy ishlab chiqarishni tashkil etish (I-bosqich), Qalmaqir konini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishqorli yuvish sexini kengaytirish, texnik va texnologik qayta jihozlash (I-bosqich), Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kompleksni tashkil qilish (II bosqich – yig‘ish ishlari), “White Machine Technology” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida LCD televizorlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, Navoiy shahri aeroportida yo‘lovchi terminalini rekonstruksiya qilish, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi qoshidagi kardiojarrohlik bo‘limini rekonstruksiya qilish va jihozlash kabi qator loyihalar shular jumlasidandir. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida ishga tushirilgan 11 ta korxona tomonidan umumiy qiymati 47,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida 7 ta yangi investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, shulardan 3 loyiha bo‘yicha ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, yangi tashkil etilgan «Angren» maxsus industrial zonasi hududida qiymati 185,8 million dollarlik 8 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi va gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, “Toshkent issiqlik elektr markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida kongeneratsion gaz-turbina texnologiyasini joriy etish, Sirdaryo va Tallimarjon issiqlik elektr stansiyalarida detanden-generatorlarini o‘rnatish kabi yirik loyihalar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Joriy yilda 25 ta to‘qimachilik korxonasi, jumladan, “Shovot tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati bazasida (Xorazm viloyati) loyiha quvvati 5 ming tonna ip ishlab chiqarish imkonini beradigan yigiruv korxonasi, Toshkentda lenta va taroq uskunalari ishlab chiqarish, meva-sabzavotlar, go‘sht-sut mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘nlab korxonalarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Mamlakatimizning davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘lib, investorlarning samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan. Buning uchun O‘zbekistonda barcha imkoniyatlar bor, ya’ni mamlakatimizning geografik joylashuvi qulay, transport tarmog‘i yaxshi rivojlangan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma taraqqiy etgan, boy tabiiy resurslar hamda yuqori malakali kadrlar mavjud. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda. Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi. O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogeneratsion gaz turbinali texnologiyani joriy etish; Janubiy O‘rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodi gaz quvurini va kompressor stansiyasini barpo etish orqali Somontepa va Janubiy O‘rtabuloq konlarini to‘liq jihozlash; «Angren» konini modernizatsiya qilish orqali Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-energiya bloklarini yil davomida ko‘mir bilan ishlashga o‘tkazish; «Angren» maxsus industrial zonasi hududida «Ohangaron» podstansiyasini rekonstruksiya qilish, «Bekobod sement» ochiq aksiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan sement ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish, “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasida metall quyishni rekonstruksiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini alohida qayd etish lozim. Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy to‘qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va to‘quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizatsiya qilindi va texnik qayta jihozlandi. Ma’lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo‘lida oxirgi yillarda biz ko‘pgina tajribalarga ega bo‘lmoqdamiz. Buning amaliy tasdig‘ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial zonalari faoliyati misolida ko‘rish mumkin. Download 154.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling