ONLINE TURISTIK BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING STRATEGIYASI VA
ISTIQBOL PARAMETRLARI
Nasriddinov Shohrux Zayni o‘g‘li
Buxoro davlat universiteti, turizm (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligining 2-bosqich
magistranti
2020-yilda O‘zbekiston UNWTO reytingiga ko‘ra dunyoning eng tez rivojlanayotgan sayyohlik
yo‘nalishlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonning o‘zida ham katta o‘zgarishlar ro‘y
berdi: tezyurar poyezdlar paydo bo‘ldi, kichik, ammo munosib xususiy mehmonxonalar faol qurilmoqda,
yo‘llar sifati yaxshilanmoqda, ko‘plab obidalar qayta tiklandi, tarixni, urf-odatlarni chinakam biladigan
yaxshi gidlar ko‘paydi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ulkan sayyohlik va rekreatsion salohiyatga ega bo‘lib, unda 7,4 ming
madaniy meros ob’ekti mavjud bo‘lib, ulardan 209 tasi “Xivadagi Ichan qal’a”, “Buxoroning tarixiy
markazi”, “Tarixiy muzey” shaharlari tarkibiga kiradi.
2010-17 yillar uchun O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksporti 2017-yilda ikki baravar oshib, 546,9
million dollarni, 2018-yilda esa 1041 million dollarni tashkil qildi.
2021-yilda O’zbekistonda kirish normalari hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borish tartibi
soddalashtirilgani, turizm sohasida infratuzilmaning rivojlanishi va turizm salohiyatini targ’ib qilish
choralari ko’rilgani ko’rsatish mumkin, shu jumladan:
- qo’shimcha 9 ta (umumiy 18 ta) davlatga vizasiz rejim joriy etilgani, fuqarolariga kirish vizalarini
berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan davlatlar soni 12 tadan 50 taga ko’paygani1;
- elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi ishga tushirilgani, O’zbekiston
hududidan tranzit bilan o’tayotgan 101 davlat fuqarolariga O’zbekistonga vizasiz kirish, vaqtincha bo’lish
va fuqarolarni o’tkazish punktlari orqali chiqib ketish tartibi joriy qilingani;
Do'stlaringiz bilan baham: |