«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
119 kishilarni ish bilan ta’minlanishiga ham sabab bo’ladi. Bu ham davlatimizni iqtisodiy sohada rivojlanish darajasini yaxshilaydi. Sayyohlarni jalb qilishda Xorazmni ham o’rni katta, bu borada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2017−2021 yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida"gi qarorni ko’rinshimiz mumkin. Xorazmda sayyohlarni muntazam qabul qilish uchun zamonaviy talablar va qo‘shimcha qulay sharoitlarni hisobga olgan holda Xiva hamda Xorazm viloyati turizm infratuzilmalarini rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish hamda ularning hududda ko‘proq vaqt bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiluvchi sayyohlik yo‘nalishlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish ko’zda tutilgan. Andijon Davlat Universitetining talabalarini Xorazmga har haftada 7 ta talabalarni yuborish ham yo’lga qo’yilmoqda. Xorazm shahriga boruvchi talabalar bir hafta davomida dam olishi. Dam davomida Xorazm shahridagi qadimiy joylarni masjidlarni madrasalarni hamda turli yodgorliklar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi. Andijon viloyatini o’zida turizmlarni jalb qiluvchi joylarni judayam ko’p jumladan shaharni o’zidan misol qilib oladigan bo’lsak , “O’zbegim” Super Marketini olishimiz mumkin. Shu yerni o’zini misol qilib oladigan bo’lsak, Andijonda ichki turizmni rivojlantirishga o’zini hissasini qo’shmoqda. Andijon shahari, Andijon tumani va boshqa viloyatlarida yashovchilar shu yerga kelib ma’naviy xordik olib ketishmoqda. Bu ham ichki turizmni rivojlanishiga sabab bo’ladi. Asosiy muammo shundaki, Andijonda, tumanlarni o’zida ham qadamjo joylar judayam ko’p faqat bu yerga turistlarni jalb qiluvchi omil yetishmaydi. Bu nima ? misol qilib aytadigan bo’lsak, Samarqandni o’zida dunyoga mashxur joylar ko’p turistlar ham bunga qiziqishadi. Viloyatlarimizdagi bunday joylarni hech kim bilmasligi ham mumkin. Viloyatda “Kontinent trevl”, “Sayohat”, “Andijonturist”, “Xolis sayohat” kabi 20 dan ziyod turistik tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ular asosan yurtdoshlarimizni Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch singari tarixiy shaharlarga sayohatga olib borish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, sayyohlik firmalari yurtimiz va xorijdagi 100 dan ziyod sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda.Ammo 20 dan ortiq tashkilotlar mavjud bo’lsada, afsuski, aholini aksariyati bu tashkilotlar haqida ma’lumotlarga ega emas. Buni natijasida tumanlarimizdagi ayrim ziyoratgohlar e’tibordan chetda qolib ketmoqdadir, balki. Misol uchun Prezidentimiz e’tibor qaratgan Honoboddagi “Hontog” dam olish maskaniga qaytadan e’tibor berilgan holda hammaga ma’qul keluvchi dam olish maskani tashkil qilinishi. Bu yerga turistlarni turistik tashkilotlar jalb qilish kerak. Shundagina biz o’ylagan maqsadlarga erishamiz. Bundan tashqari viloyatimizdagi oliy ta’lim muassalarini hech birida turizm soxasini rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi yo’nalishlar yo’qligi ham bu katta muammo bo’lib kelmoqda. Mehmonxonalarga xizmat ko’rsatish borasida malakali kadrlarni o’zimizda o’qitilmasligini ham misol qilib olinsa bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar Strategiyasini “iqtisodning rivojlantirish va liberallashtirish” 3-bo’limi 3.6-bandida ham turizm sohasiga alohida e’tibor berilgan. Jumladan: ➢ Turizm sohasini rivojlantirish; ➢ Turizm tarmog’ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish; ➢ Turizm sohasida viza,litsenziya berish va ruxsat olish tartib-tamiollarini soddalashtirish; ➢ Xorijiy investitsiyalar,jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm sohasida biznes yuritishuchun qulay shart sharoitlar yaratish.Yangi turizm yo’nalishlarini yaratish turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish haqida ta’kidlab o’tilgan. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling