«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
116 mamlakatlarda onkologik kasalliklar 20 foizga ko‘paygan. Kimyoviy moddalardan zaharlanish oqibatida yiliga 47 ming nafar inson nobud bo‘lmoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar (Xitoy va Hindiston)da atmosfera zaharlanib, ekologiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Havodagi chang va chiqindilar yurak, qon- tomir, o‘pka va nafas olish yo‘llarini kasallantirib, insoniyat sog‘ligiga jiddiy xavf tug‘dirib kelmoqda. Jumladan, dunyo bo‘yicha ekologiya buzilishi yuqori darajada bo‘lgan Xitoy davlati 2011-2016 yillarda suvning ifloslanishiga qarshi chora-tadbirlarga 112,4 milliard dollar miqdorida sarmoyalar jalb etdi. Lekin bu kutilgan natijani bermadi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan ko‘rsatkichlar va raqamlar dunyo miqyosida ekologik toza hududlarning insoniyat hayotiga va yashash tarziga, sog‘lig‘i, umri uchun naqadar muhim ahamiyat kasb etishini belgilab bermoqdaki, bu dolzarb global masala o‘z-o‘zidan ekologik sof hududlarni ko‘paytirish, asrab-avaylash, takomillashtirish, shart-sharoitlarni xalqaro andozalarga moslashtirish kabi chora-tadbirlar rejasini tuzishni taqozo etmoqda. Ayni kunda Kanada davlatining turizm sohasidan oladigan foydasining to‘rtdan bir qismi aynan ekoturizm hisobiga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, ekologik turizmning rivojlanishida o‘simliklar olami muhim ahamiyat kasb etar ekan, “...O‘simlik dunyosi ob’ektlari o‘sadigan muhitga ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat o‘simlik dunyosi ob’ektlarining saqlanishini ta’minlaydigan talablarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozim. Shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan va aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratadigan o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan sog‘lomlashtirish va rekreatsion maqsadlarda foydalaniladi...” {2}. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda turizm industriyasi mamlakatimiz uchun ayni kunda strategik sektorga aylanib borayotganligi va Prezidentimizning bu boradagi Farmoni mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini yanada yuksaltirish, mazkur jabhada olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim asos bo‘ladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida xalqaro sayyohlar oqimining yiliga 5 foizga ortayotganligini {3} uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 foizdan ko‘proqni tashkil etayotgani, ishga layoqatli aholining 8 foiziga yaqini aynan shu jabhada mehnat qilayotgani soha yil sayin rivojlanayotganidan dalolatdir. Mamlakatimizda sayyohlikning ko‘plab tarmoqlarini tashkil etish va yaratish hamda yanada takomillashtirish, taraqqiy ettirish uchun tabiiy imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimizda qo‘riqlanadigan yerlarning umumiy maydoni bugungi kunda 2 million gektarni tashkil etadi, bundan tashqari, 11 ta qo‘riqlanadigan tabiiy hududiy ob’ektlar, 8 ta qo‘riqxona, 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shunisi, e’tiborga molikki, ayni kunda O‘zbekiston ekologik muvozanatni saqlash, atrof-muhitni asrab-avaylashga qaratilgan choralarni ko‘rayotgan yetakchi davlatlar qatoridan joy olmoqda. Bugungi kunda turizmning ekologik yo‘nalishiga turizm qonunchiligidan tashqari “Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tartibga solinayotganligi e’tiborga molik. Bu sohada qilinayotgan islohotlar va sa’y harakatlardan maqsad mamlakatimizda turizm industriyasi (ekoturizm)ni rivojlantirishni jadal sur’atlarda taraqqiy ettirish orqali aholi farovonligini yanada oshirishdan iboratdir. Turizm yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan davlatlar, masalan Malayziya davlatida ham alohida Turizm qo‘mitasi faoliyat olib boradi va viza ishlarida qulayliklar berilgan. Dubayda esa cho‘l zonasida mashhur landshaftchi dizayner Kristofer Devis tomonidan sayyohlar uchun maxsus “yashil sayyora” 2016 yilda qurib bitkazildi. Ushbu yashil sayyoraga kirgan har qanday sayyoh o‘zini naq cho‘lning o‘rtasida ekanligini mutlaqo unutadi. O‘zbekistonning boy madaniy merosi va qadimiy tarixi viloyatlarda sayyohlik infratuzilmalarni yanada takomillashtirishni ta’minlashi mumkin. Mintaqalarning tog‘li hududlarida dorivor giyohlarni yig‘ish, o‘rmon xo‘jaliklarini kengaytirish, yirik plantatsiyalarni barpo etish lozim. Masalan, Shimoliy Sharqiy Afrikada joylashgan, hududi 446 550 km kvadrat, aholisi 31 mln. 627428 ming nafar bo‘lgan (Morosso) Marokashda ekoturizm rivojlangan bo‘lib, argan yog‘i yetishtiradigan yirik plantatsiyalari mavjud. Ushbu yashil maydonlar davlatning iqtisodiy salohiyatiga ikki tomonlama foyda keltirmoqda. Ya’ni, ko‘p gektarlik hududlardagi tabiat manzarasidan sayyohlar uchun tomoshagoh sifatida foydalanilsa, ikkinchi tomondan, bu yerda qimmatli shifobaxsh o‘simlik yog‘i ham yetishtiriladi. 2016 yilning 8-10 dekabr kunlari mamlakatimizda 1-Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan forum O‘zbekistonning nafaqat mazali, balki ekologik toza, shifobaxsh noz-ne’matlar yetishtirayotgan va ekologik toza oziq-ovqat sanoati jadal rivojlanayotgan mamlakat ekanligini ham namoyish etdi. Mamlakatimizda bog‘dorchilik, sabzavot-polizchilik hamda uzumchilik tarmoqlari rivoji |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling