“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
148
va yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarininig raqobatbardoshligiga asosiy e’tiborni qaratish kabi
omillardan foydalanish mumkin.
Chungdo xurmo klasteri (Chungdo Persimmon Cluster) 2019 yilda fermerlar tashabbusi bilan
tashkil etilgan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Koreya dunyoda yetishtirilayotgan barcha xurmo
mevasining 12 foizini ishlab chiqaradi
1
. Ushbu hududda Koreyadagi urug‘siz xurmoning 65%i
yetishtiriladi. Fermerlar tashabbusi asosida tashkil etilgan va boshqariladigan ushbu klaster xurmodan yil
davomida yangi uzilgan, yarim quritilgan, quritilgan, fermentatsiya qilingan, xurmo yog‘i, xurmo vinosi,
rang va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Xurmo klasteri xurmo yetishtirish-qayta
ishlash-narxini saqlash- marketing va reklamani rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu klaster yana bir bor
agroklasterda “biznes-universitetlarilmiy tadqiqotlar-davlat”ning birgalikdagi harakati va bunda ilmiy
tadqiqotlarga asosiy e’tibor berilganligiga amin bo‘ldik. Fermerlarning ushbu klasterga qo‘shilishi
natijasida oladigan daromadlari boshqa tarmoqlar qo‘shilishi hisobiga keskin oshganligini ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonda ushbu klasterning mahsulotni oddiy usulda turli ko‘rinishda ishlab chiqarish va bunda ilmiy
tadqiqotlarga asosiy urg‘u berish; innovatsion mahsulotlar (m-n, sog‘lik uchun foydali sirop va boshqalar)
ishlab chiqarish; yuqori xarid narxlari orqali fermerlarni klasterga jalb etish, marketing tadqiqotlaridan
foydalanish; kadrlar tayyorlash kabi tajribalaridan foydalanish mumkin.
1-chizma. AQSh shaharlarining klasterlarga ixtisoslashuvi
2
Iqtisodiy rivojlanishning klasterli yondashuvi ayniqsa AQSh va Yevropa mamlakatlarida keng
qo‘llaniladi. Shimoliy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti klasterlar bilan qamrab olingan bo‘lib,
iqtisodiyotda yog‘ochsozlik, biotexnologiyalar, farmasevtika va kommunikatsion klasterlar yetakchilik
qiladi. Germaniya va Buyuk Britaniyada biotexnologik klasterlar, Fransiyada oziq-ovqat va kosmetika
klasterlari keng tarqalgan bo‘lsa, Italiyada sanoatda band bo‘lgan aholining yarmi sanoat klasterlari
hissasiga to‘g‘ri keladi
3
.
Shunday qilib, agrosanoat majmuida klasterlashtirish iqtisodiyotda raqobatbardoshlik va
investitsion jozibadorlikni ta’minlovchi model bo‘lib, qishloqlarda hayotning yuqori darajasi va sifatini
ta’minlab, tarqoq dehqon xo‘jaliklarini yagona takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb etadi. Davlat
tomonidan maqsadli innovatsion klaster siyosati olib borilgan taqdirda agrosanoat majmuasini yanada jadal
rivojlantirishning asosiy omili sifatida innovatsiyalardan to‘liq foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |