«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
245 darsga kelganlarida o’qituvchi yordamida uy vazifalarini bajaradilar. O’qituchi esa istalgan paytda o’quvchi qanday materiallarni o’zlashtirgan yoki qaysi materiallarni o’zlashtirish unga qiyinchilik tug’dirayotganini tekshira oladi. Hozirgi paytda bu akademiyaga Bill & Melinda Gates Foundationva Googlekompaniyalari moliyaviy yordam ko’rsatmoqdalar. Ushbu akademiya bilan to’liqroq ravishda www.khanacademy.org sayti orqali tanishib chiqish mumkin. Zamonaviy ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda universallashtirishga intilib, ta’lim berishda insonlarni bir-birlariga maksimal darajada o’xshash qilib modellashtiradi (ya’ni, moslikni talab qiladi). Hozirgi zamondagi maktab va universitetlar o’z talaba-o’quvchilarini klassik “qora qutilar” ko’rinishida tasavvur qilish mumkin, ularning barchasiga bir xil ma’lumot beradilar va bilim oluvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olmagan holda ulardan javob reaktsiyasini kutadilar. Bunday yondoshuv ko’pchilik tomonidan allaqachon voz kechilishi kerak bo’lgan industrial davr sifatida tushuniladi. Kimlardir bu muammoni o’quv jarayoiniga ko’proq o’qituvchlarni jalb qilgan holda hal qilishni taklif qiladilar. Chunki bunda har bir o’quvchiga alohida diqqat e’tibor qaratilib, ularning talab- istaklarini va qobiliyatlarini nazarga olgan holda o’quv jarayonini optimal ravishda tashkil etish mumkin bo’ladi. Lekin bu juda ham qimmatga tushadigan tadbir bo’lgani uchun, pedagogika bo’yicha ko’pchilik mutahassislar ta’lim jarayoniga zamonaviy komp’yuterlarning dasturiy-texnik vositalarini va imkoniyatlarini jalb qilish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Yangi raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi yaqin kelajakda maktablarni qanday darajada o’zgartirib yuborishi mumkin? Kelajakda biror bir inson planshet sotib olib va unda sun’iy intellektli dasturini joylashtirib olgandan so’ng, o’zining o’qituvchisi bilan muloqot qilmasdan ham bilim olishi mumkin bo’ladi. 10-15 yiillardan so’ng, sun’iy intellect vositasida oliy ta’lim olish xuddi yozish va o’qishga o’xshab oddiy hol bo’lib qoladi nazarimda. Turli xil ko’rinishdagi ta’lim turlarining hosil bo’lishi ta’lim vazirliklari qoshida malakali professor-o’qituvchilarni (shu jumladan, nafaqaga chiqqanlarni ham) jalb qilgan holda raqamli interaktiv elektron kitoblar, elektron o’quv qo’llanmalari va alohida fanlar bo’yicha masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash zaruriyatiga olib keladi (bu ish hozigiga o’hshab tekinga emas, balki professor-o’qituvchilar bilan shartnomalar tuzish asosida amalga oshiriladi) bu aniq. Bu esa ushbu ishlarni amalga oshirish bo’yicha respublika ishchi kengashini (tashkilotini yoki kompaniyasini) tashkil qilish vazifasiga olib kelishi mumkin. -Uning zimmasiga respublika miqyosida zamonaviy hamda sifatli raqamli interaktiv elektron kitoblar, raqamli elektron o’quv qo’llanmalari va masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash (yoki ularni chet tillardan o’zbek tiliga o’girish) vazifasi yuklanishi; -Bu ishga majburiy tarzda mamlakatda information texnologiyalarning tadbiqi bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlarni, ta’lim muassasalarini, kompaniyalarni va yetakchi institut hamda universitetlarni jalb qilish; -Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni qoshida eng malakali mutahassislarni jalb qilgan holda bu ishlarni koordinatsiya qiluvchi ishchi guruhlar tuzish; -Barcha ta’lim muassasalari uchun raqamli interaktiv elektron kitoblar va raqamli o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish kerakligini ustuvor vazifa sifatida ko’rsatish hamda bu ishlarni bajarish bo’yicha reyting ko’rsatgichlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish; -Chet ellarda ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o’tgan biz uchin muhim bo’lgan raqamli interaktiv elektron kitoblar, qo’llanmalar, ta’lim sohasiga oid komp’yuter o’yinlari, intellectual ta’lim platformalari, masofaviy ta’lim tizimlari, dasturlar va saytlari o’zbek tiliga o’girib, ularni maxsus respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish; -Har yili eng yaxshi raqamli interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, ishga tushirilgan masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlari tanlovini o’tkazish va g’oliblarni munosib taqdirlash va erishilgan natijalarni respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda ularni barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish; -Har yili bir marta respublikada yaratilgan raqamli interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlari bo’yicha anjuman va seminarlarni respublika va viloyatlar miqyosida tashkil qilish; -O’zbekistondagi turli sohalarda o’rta va oliy ta’lim olishni istagan fuqarolarning ishlab chiqarish va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan 192 holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan masofaviy ta’lim (distance education) tizimini rivojlangan chet ellarning “distance education – MOOC – massive open online cources” platformalari andozalari asosida tashkil qilish va ularni zudlik bilan ishga tushirish. Bu – birinchidan barcha ta’lim olishni istovchilar uchun teng imkoniyatlar yaratsa, ikkinchidan, ta’lim tizimi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling