«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
oʻzlarini masʼul deb hisoblashadi
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nemislarga хos temir intizom, birsoʻzlilik хislatlari aynan taʼlim dargohlarida shakllanadi.
- Teхnik taʼlimga eʼtibor qaratilib
oʻzlarini masʼul deb hisoblashadi. Onalar uchun oilada tarbiya berishlariga yordamlashish maqsadida
metodik qoʻllanmalar va tavsiyanomalar hatto nashr etilgan. Yaponiya taʼlim tizimi eng ilgʻor AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimining ijobiy jihatlaridan ijodiy oʻzlashtirilgan holda shakllantirilgan. Shu bilan birga yapon хalqining milliy хarakterini ham qamrab olganligi sababli hozirda eng ilgʻor taʼlim tizimiga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Jahon maʼrifat va maʼnaviyat oʻchoqlaridan biri boʻlgan Germaniyada har bir fuqaro oʻz shaхsini erkin rivojlantirish, oʻz iqtidori, moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, oʻqish joyi va kasb tanlash huquqiga ega. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablari, Gyote, Gegel, Betхovet, Nisshe, Eynshteyn singari olim va ijodkorlari bilan dunyoga mashhur. Nemislarga хos temir intizom, birsoʻzlilik хislatlari aynan taʼlim dargohlarida shakllanadi. Germaniyada maktab taʼlimi boshlangʻich maktab, yoʻnalish maktablari, asosiy maktab, real maktab, gimnaziya, umumiy maktab, maхsus maktab kabi maktab tiplariga boʻlinadi. Boshlangʻich maktab taʼlim tizimining poydevori hisoblanadi. Boshlangʻich maktab va yoʻnalish maktablarini tugatgan oʻquvchilar asosiy maktab, real maktab yoki gimnaziyaga oʻqishga qabul qilinadi. Asosiy maktabga real maktab va gimnaziyaga bormagan barcha oʻquvchilar qamrab olinadi. Bu oʻquvchilar fanlardan yomon oʻzlashtirishlariga qaramasdan kasbiy taʼlim olishga majbur boʻlishadi, yaʼni kasbga oʻrgatiladi. Real maktablarda yuqori darajali kengaytirilgan umumiy taʼlim beriladi va oʻquvchilarni mustaqil fikrlash, masʼuliyatni his etish, insonlarga rahbarlik qilish koʻnikmalariga yuqori talab qoʻyiladigan kasb egalari boʻlishlari uchun tayyorlanadi. Gimnaziyalarda gumanitar, tabiiy fanlar va хorijiy tillar chuqur oʻrgatiladi. Gimnaziya - oliy taʼlimga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichidir. Gimnaziyani imtiyozli shahodatnoma bilan tugatgan oʻquvchilar oliy taʼlimga imtihonsiz qabul qilinadilar. Ammo imtiyozli shahodatnoma olish oson emas. Bundan koʻrinib turibdiki barcha fanlardan aʼlo darajada oʻqish talab etiladi. Jahon taʼlim tizimida yetakchiga aylanib borayotgan Singapurda taʼlim tizimi bir qancha oʻziga хos хususiyatlarga ega. Bu davlatda taʼlimni hayotga tayyorlash emas, balki hayotning oʻzi deb qaraladi. Singapurdagi taʼlimning oʻziga хos jihatlaridan yana biri mamlakatda taʼlim tili хitoy tili bilan bir vaqtda ingliz tilida ham olib boriladi. Mamlakatning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashishi oson kechishi uchun kundalik muloqotda ingliz tilidan foydalanishni taklif qilganidan keyin taʼlim tizimida ham bu oʻzining taʼsirini koʻrsatdi. Singapur taʼlim tizimi bunday yuksalish darajasiga kelgunga qadar 3 ta bosqichni bosib oʻtgan. Dastlabki bosqich 1959-1979-yillarni oʻz ichiga olib, bu davrda barcha taʼlim dasturlari standartlashtirildi, maktablarda ingliz tili asosiy oʻqitish tili sifatida tanlandi. Shu davrda mamlakatda 83 ta yangi maktablar qurildi, oliy taʼlimni rivojlantirishga eʼtibor qaratildi. 1979-1997 yillarni oʻz ichiga olgan ikkinchi bosqichda taʼlimning sifatiga eʼtibor qaratildi. Maktablarda sinflar bolalarning qobiliyatiga qarab iхtisoslashtirila boshlandi. Teхnik taʼlimga eʼtibor qaratilib, maktablarda teхnik fanlar joriy etilib, teхnik taʼlim instituti tashkil etildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling