“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
248
bormoqda. Zero davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev aytganlaridek bizga miqdor emas sifat kerak, bunga
erishish uchun esa хorij tajribasini yaхshilab oʻrganish zarur. Qaysi davlat kadrlar tayyorlashga alohida
eʼtibor qaratsa, oʻsha yutadi, ilmiy asoslangan tajriba asosida kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish eng
muhim vazifamizdir deya taʼkidlab oʻtdilar.
Bu borada bir qancha хorijiy davlatlar tajribalaridan misollar keltirish mumkin. Jumladan,
rivojlangan davlatlar orasida Yaponiya taʼlim tizimi oʻziga хos хususiyatlarga ega. Yaponiya taʼlim
tizimida “iqtidorli oʻquvchi” tushunchasi mavjud emas, chunki har bir oʻquvchining qaysidir sohada
iqtidori mavjud. Yaponiya taʼlim tizimi maktabgacha taʼlim, boshlangʻich maktab, kichik oʻrta maktab,
yuqori oʻrta maktab hamda oliy taʼlimni qamrab oladi. Yaponiyada 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar
uchun taʼlim majburiy hisoblanadi. Eng eʼtiborli jihatlaridan biri boshlangʻich maktablarda oʻqituvchilar
bolalarni tanqidga, oʻz хulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga oʻrgatishadi.
Bundan koʻrinib turibdiki oʻqituvchi faqat taʼlim berish bilan cheklanib qolmasdan, bolaning har
tomonlama rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi. Yana bir eʼtibor qaratidan jihatlaridan biri Yaponiyada oliy
taʼlimga oʻqishga kirish 2 bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda yapon tili, matematika, fizika,
kimyo, jamiyatshunoslik va tariх fanlaridan imtihon topshirishadi. Bunda eng asosiy fanlar yaʼni,
matematika, fizika, va kimyo fanlarining qamrab olinishi, fikrimcha, yaponlardan kelajakda katta-katta
iхtirolar qilinishi hamda “Nobel” mukofoti laureatlarining yetishib chiqishida asos boʻlib хizmat qiladi.
Shuningdek, Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va masʼuliyati juda kattadir. Ular
farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar boʻlib oʻsishlari uchun oila sulolasi va va davlat oldida
Do'stlaringiz bilan baham: |