Ingalyatsion narkoz asoratlari va ularning profilaktikasi. - Narkoz o’tkazish paytidagi asoratlar:
Narkoz o’tkazishda noto’g’ri taktika tanlash, apparatlarning nosozligi, bemorning og’ir holati oqibatida asoratlar kelib chiqishi mumkin. Bu holatlarda asfiksiya sodir bo’lishi va yurak to’xtab qolishi mumkin. 2) Narkozdan keyingi davrdagi asoratlar: - Nafas a’zolari tomondan (yallig’lanish, atelektaz, bronxitlar) ko’proq efirli narkozdan keyin uchraydi. Profilaktika uchun : DJT(ЛФК), nafas gimnastikasi, balg’amni faol yo’tallish bilan chiqarish, shuningdek antibiotiklar va sulfanilamidlarni qo’llash mumkin.
- Yurak faoliyatining buzilishlari ko’proq siklopropan va efir ning toksik ta’siri natijasi hisoblanadi. O’tkir yurak yetishmovchiligi rivojlanishi ba’zida o’limga olib kelishi mumkin. Profilaktika: narkotik dozasini kamaytirish uchun eng yangi intensiv narkoz vositalaridan foydalanish, yurak faoliyatini qo’llaydigan dorilar berish.
- Jigar tomondan asoratlar asosan xloroform va efirli narkozlardan so’ng kelib chiqadi va funksional buzilishlar yuzaga keladi, yog’li degeneratsiya va o’tkir sari atrofiya kuzatiladi. Profilaktika: miorelaksantlar qo’llash orqali narkotik modda miqdorini kamaytirish mumkin.
- Buyrak tomondan asoratlar oligouriya va albuminuriya ko’rinishida kechadi. Siydikning nisbiy zichligi oshadi, siydikda eritrotsitlar va leykotsitlar paydo bo’ladi. Odatda bu o’zgarishlar tezda o’tib ketadi va maxsus davo talab qilmaydi.
- Uglevodlar almashinuvi buziladi, natijada atsidoz rivojlanadi. Atsidoz klinik jihatdan bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi va uyqusizlik bilan namoyon bo’ladi. Og’ir holatlarda es-hush buzilishi, jahldorlik, ba’zida koma yuzaga keladi. Atsidozni aniqlash uchun ishqor-kislota balansi laboratoriyada tekshiriladi. Atsidozni davolash uchun natriy bikarbonat, glukoza+insulin qo’llaniladi.
- Suv –tuz almashinuvi buzilishi organism suvsizlanishi va gipoxloremiyaga sabab bo’ladi. Bu holatda ajralayotgan siydik miqdori va undagi tuz konsentratsiyasini kuzatish kerak bo’ladi. Suyuqlik iste’molini ko’paytirish, tuz miqdorini ko’paytirish, izotonik eritmalar yuborish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |