So`rov: SELECT xodim_id, Lower(FISH), manzili, length(manzili), oyligi
FROM zavod_xodimlari WHERE xodim_id BETWEEN 1 and 2;
Natija:
4.8– rasm. Lower, length funksiyalari va Between mantiqiy amalining qo’llanishi
5 - AMALIY MASHG'ULOT Mavzu: Ma’lumotlarni saralash. Where standart so‘zidan foydalanish
Ishdan maqsad: Ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini yaratish, saralash va WHERE standart so`zidan foydalanishni o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: Loyihalanayotgan ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini tuzish va uni relyatsion sxema ko`rinishida tasvirlash. So`rovlar tizimi orqali kerakli ma`lumotlarni ajratib olish va saralasdesh.
Uslubiy ko`rsatmalar: Ma`lumotlar bazasi(MB) buyurtmachisi bilan birgalikda, ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini ishlab chiqish zarur. Ishlab chiqilgan so`rovlar tizimi relevant yaratilgan “Mohiyat-aloqa” modeliga va buyurtmachi talablarini maksimal darajada qondirish kerak. Agar buyurtmachi qo`ygan talablarga qurilgan “Mohiyat-aloqa” modeli so`rovlar tizimi to`la qanoatlantirmasa, unda predmet sohani qo`shimcha o`rganib va tahlil qilib, “Mohiyat-aloqa” modeli kerakli elementlar, bog`lanishlar va munosabatlar bilan to`ldiriladi.
So`rovlar tizimini ma`lumotlar bazasidan foydalanuvchiga beriladigan axborot bo`yicha standart va nostandart so`rovlarga sinflanadi.
Ma`lumotlar bazasiga reglamentlanmagan so`rovlar deb foydalanuvchilarni joriy ehtiyojlariga qarab, lekin qurilgan model imkoniyatlari chegarasida va bu so`rovlarni unga relevantligini saqlangan holda o`zini ta`rifini o`zgartirish imkonini beradigan so`rovlarga aytiladi.
Ishni bajarish
Avvalgi laboratoriyada yaratgan bazamizning jadvallarini ko’ramiz;
Do'stlaringiz bilan baham: |