8-o’zbek 32-mavzu majburiylarga
****1709-yilda ming urug‘i vakillari Farg‘ona vodiysida hokimiyatni o‘z qo'llariga oldilar. Qo‘qon xonligi
tashkil etildi va Shohruxbiy taxtga o’tirdi
**** Tepaqo‘rg’on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi.
*Ashtarxoniy Abulfayzxon Shohruxbiyga ,,otaliq“ unvonini bergan.
**** Shohruxbiy vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘li Abdurahimbiy otasi davrida
*Qo‘qon shahrini poytaxtga aylantirdi.
*Buxoro xonligi tasarrufida bo'lgan Xo‘jand. O‘ratepa viloyatlarini qo‘shib oldi. Afsuski, u fitna qurboni bo‘ldi.
****Taxtni ukasi Xo‘jand hokimi Abdulkarimbiy egalladi (1733-1750).
*U Qo‘qon shahrini devor bilan o‘ratdi.
*1740-yilda Farg‘ona vodiysiga jung‘orlar hujum qildi. Hujiun juda qiyinchilik bilan qaytarildi. Jung‘orlarga
qarshi kurashda minglarga qipchoqlar yordam berishdi.
*1745-yilda jung‘orlar yana hujum qildi.
****Abdulkarimbiy vafotidan so‘ng toj-u taxt uchun boshlangan kurashda oxir-oqibat Abdurahimbiyning o‘g‘li
Erdonabiy g‘olib chiqdi (1751-1762).
*Uning davrida Qo‘qon xonligi Xitoy hujumiga uchradi.
*U O‘sh va O‘zgan viloyatlarini ham bo'sundirdi.
*Qo‘qonni Buxoro amirligi va Sin imperiyasi (Xitoy) bilan tengma-teng kurasha oladigan davlatga ham
aylantira oldi.
**** 1763-yilda taxtga Abdulkarimbiyning nabirasi Norbo‘tabiy o'tqazildi (1763-1798).
*Norbo’tabiy tez orada Chust (hozirgi Namangan viloyatidagi tuman)ni bo‘ysundirdi.
* Namangan hokimi Irisqulibiyga qarshi qo‘shin tortdi. Bu yurish ikki tomon o‘rtasida sulh tuzish bilan
yakunlandi.
*1776-yilda Norbo‘tabiy Qo’qon xonlaridan birinchi bo‘lib xonlikning fals deb atalgan o‘z pulini zarb ettirdi.
Norbo‘tabiyning bir falsiga bir bosh qo‘y sotib olish mumkin bo‘lgan.
* Norbo'tabiy vafotidan oldin, katta o‘g‘li Muhammad Aminbekni Marg‘ilonga, o‘rtancha o‘g‘li Olimbekni
To‘raqo‘rg’onga hokim etib tayinladi.
*Norbo‘tabiyning vafotidan so‘ng xonlikda bir-biriga muxolifatchi bir nechta guruh vujudga keldi. Ulardan biri
Olimxon va ukasi Umarxonni, Norbo'tabiyning o‘gay akasi Xo‘jibiy boshchiligidagi ikkinchi guruh esa
Norbo‘tabiyning kenja o‘g‘li Rustambiyni qo‘llab-quvvatladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |