Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Download 78.33 Kb.
bet10/17
Sana09.06.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1475886
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori

4 – savol bayoni:
Qimmatli qog‘ozlar basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun qimmatli qog‘ozlarni taqdim etishning o‘zi yetarli bo‘lsa, taqdim etuvchiga tegishli hujjatlar deb hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar erkin muomalada bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarning eng keng tarqalgan turi aksiyalar hisoblanadi.
Aksiya - bu aksiyadorlik jamiyatining Ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi kamida unga dividend olish va odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozdir.
Boshqacha qilib aytganda, aksiya aksiyadorlik jamiyat chiqargan qimmatbaho (daromad keltiruvchi) qog‘oz. Aksiya o‘z egalariga, ya’ni aksiyadorlarga xissadorlik jamiyati ixtiyoridagi umumiy mulkdan o‘ziga tegishli ulushiga huquqi borligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan aksiya blankalarining majburiy rekvizitlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

      1. Aksioner jamiyatining nomi va joylashgan manzili.

      2. Qimmatli qog‘ozning nomi «Aksiya».

      3. Navbatdagi nomer.

      4. Chiqarilgan vaqti.

      5. Aksiya turi (oddiy va imtiyozli).

      6. Nominal qiymati va toifasi.

      7. Egasining nomi.

      8. Aksiya chiqarilgan aksioner jamiyatining Ustav fondining miqdori.

      9. Muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni.

      10. Imtiyozli aksiyalar uchun to‘lanadigan dividend miqdori va to‘lash muddati.

      11. Aksoner jamiyati ijroiya organi rahbarining imzosi (boshqaruv, direksiya).

      12. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan korxonaning muhri.

Aksiyalar davlat tilida to‘liq yoziladi. Jamiyat a’zolarining hohishiga ko‘ra boshqa tillarda ham yozilishi mumkin. Aksiyalar egasining ismi yozilgan va yozilmagan, imtiyozli va oddiy bo‘lishi mumkin. Aksiyada ko‘rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish daftariga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi bo‘lishi aksiyador deb e’tirof etiladi. Egasi yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyalarining ro‘yxatga olish daftariga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Oddiy (odatdagi) aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ularning egalariga dividendlar olish, jamiyatning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.

Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling