Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Ovoz beruvchi obligatsiyalar


Download 78.33 Kb.
bet8/17
Sana09.06.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1475886
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori

Ovoz beruvchi obligatsiyalar (voting bonds) oddiylardan farqli ravishda ular egalariga emitent-korporatsiya boshqaruvida ovoz berish huquqini beradi.
Konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar (convertible bonds) ular egasi hohishi bo‘yicha boshqa qimmatli qog‘ozlarga, odatda oddiy aksiyalarga almashtirilishi mumkin. Obligatsiya egasi uchun konversion koeffitsient va konversion narx muhim ahamiyat kasb etadi. Konversion koeffitsient 10:1, bir obligatsiyani konversiya qilganda 10 aksiya olish mumkinligini bildiradi. 

Korxona kapitali qiymati ko‘rsatkichi holatiga majburiyatlar qiymati ham sezilarli ta’sir etadi. Iqtisodiy munosabatlarda majburiyatlar qiymati ushbu instrumentlarni qoplash muddati tugagandan so‘ng olinadigan daromad darajasi tushuniladi. Aktiv sifatida obligatsiyalar qiymatini baholash, masalan, aksiyalar qiymatini baholashdan ko‘ra ancha oson. Obligatsiya yakuniy pulini qaytarish muddatiga ega, to‘lovlar (kupon to‘lovlari) oqimi qayd qilingan (aksiyalar bo‘yicha dividendlardan farqli ravishda). Boshqacha qilib aytganda, bu yerda risk va noaniqlik omillari, aksiyalar bilan bog‘liq holatlar bilan taqqoslaganda, ancha kam.


Obligatsiyalar qiymati turlari:
– nominal;
– «sof»;
– «iflos».
Obligatsiyalar chiqarishda ular qoidaga ko‘ra, nominal bo‘yicha yoki nominaldan kichik farq – diskont yoki mukofot bilan joylashtiriladi (faqat ular bo‘yicha foizli daromad to‘lanmasdan, doimo nominaldan past narxda joylashtiriladigan diskontli obligatsiyalar). Fikrimizga misol tariqasida ushbu qarashni turli majburiyat instrumentlari vositasida qo‘llab ko‘ramiz. Bu yerda obligatsiya, bank qarzlari, tijorat qog‘ozlari (veksel)ni ko‘rib chiqamiz. Obligatsiyalar qiymati quyidagi tenglamadagi RD qiymatiga teng bo‘ladi.

Bu yerda:


PO – obligatsiyaning joriy bozor bahosi;
I - yillik foiz to‘lovi;
n - qoplash muddatiga tegishli yillar soni;
F – obligatsiyaning qoplash muddati qiymati.
RD ning hisob-kitob qilish quyidagi formula bilan amalga oshiriladi. Ushbu formulaning natijasi (taxminan) obligatsiyalarning haqiqiy qiymatga juda yaqin chiqishi bilan boshqa formulalardan farq qiladi.



Ushbu formulani quyidagi misol yordamida ko‘rib chiqamiz. Misoldagi ma’lumotlar xorijiy manbalardan olinib muallif tomonidan maqola maqsadiga moslashtirilgan. Mazkur misolda “XYZ” LTD. korxonasining obligatsiyalari qiymatini aniqlaymiz.
Nominal baho – 1000 $
Kupon kursi - 12 foiz
Qoplpsh muddatining qolgan qismi – 4 yil
Joriy bozor bahosi – 1040 $
Obligatsiyaning qoplash muddati daromadi (taxminan) quyidagicha hisobkitob qilinadi:

Obligatsiyalardan farq qilgan holda bank qarzlari ikkilamchi bozorda sotilmaydi. Bank qarzlarni qiymati juda oddiy bo‘lib u belgilangan foiz stavkalariga teng bo‘ladi. Qaysiki korxona oladigan qarzi uchun to‘laydigan foiz stavkasi. Agar foiz stavkasi bankda 13 foiz belgilangan bo‘lsa, korxona kelishuvga asosan 12 foiz to‘lasa, mana shu 12 foiz bank qarzlari qiymatini ifodalab beradi.


Tijorat qog‘ozlari (veksel) odatda qisqa muddatli instrumentlar bo‘lib nominal qiymatni hisobga olish hamda almashtirish maqsadlarida jalb qilinadi. Bu yerda tijorat qog‘ozlari qiymati juda oddiy. U nazarda tutilgan foiz kursidan iborat bo‘ladi. Fikrimizni quyidagi misol yordamida aniqlashtirib beramiz.
“XYZ” LTD. korxonasida yana 6 oy muddati bo‘lgan muomaladagi tijorat qog‘ozlari mavjud. Ushbu instrumentning har birini nominal qiymati 1000000 $ ni tashkil etadi. Ularni korxona bozorda 965000 $ ga sotishi mumkin. Bu holatda nazarda tutilgan foiz kursi 6 oy uchun quyidagicha bo‘ladi:
(1000000 / 965000) - 1 = 0,0363 yoki 3,63 foiz
Yillik amaldagi foiz kursi hisobi:
(1,0363)2 – 1= 0,0739 yoki 7,39 foiz
Shu yerda e’tiborga olish kerakki, korxona turli qarz instrumentlarini ishlatishi mumkin. Shuning uchun ham ularni o‘rtacha qiymatini aniqlash, bu boradagi markaziy masalalardan biridir. Ta’kidlash kerakki, korxonalarda qarz mablag‘larining har birini alohida olingan qiymati ularning birgalikda olingan o‘rtacha qiymati ko‘rsatkichlari biznes faoliyatida qarz instrumentlaridan samarali foydalanishda asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi.
Obligatsiyalarning «sof» va «iflos» narxlari farqlanadi. Moliyaviy axborotlar chop etiladigan axborot agentliklari terminallari, gazetalar va boshqa OAV ma’lumotlarida aynan «sof» narx keltiriladi. «Sof» narx u bo‘yicha foiz to‘lovlari to‘liq hajmda to‘lanishidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. Faraz qilaylik, obligatsiyani sotish kuponli yillik daromad to‘lovlarining roppa-rosa o‘rtasida amalga oshirildi. Bu holatda navbatdagi kupon to‘lovini obligatsiya xaridori oladi. Sotuvchi uni «sof» narxda emas, balki «sof» narx plyus bu davrda to‘plangan foizlar miqdoriga teng bo‘lgan narxda sotib, yarim yil uchun olinmay qolgan foizlar o‘rnini qoplashi lozim. Bu esa obligatsiyaning «iflos» narxi hisoblanadi.
Obligatsiyaning «iflos» narxi = «sof» narx + to‘plangan kupon daromadi. Bozorda obligatsiyalar «sof» narx bo‘yicha kotirovka qilinadi, bitimlar esa «iflos» narx bo‘yicha tuziladi.
1930-yillarda obligatsiyalar narxining foiz stavkasi o‘zgarishiga sezuvchanligini belgilab beradigan ko‘rsatkich ishlab chiqilgan. U «dyuratsiya» deb ataladi.

Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling