Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi
Download 27.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqRofiyev Feruz.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “TIJORAT BANKLARINING AKTIV OPERATSIYALARI VA ULARNING TARKIBI.”
- I bob. TIJORAT BANKLARINING AKTIV OPERATSIYALARI VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH. Mavzuning dolzarbligi.
- Bank aktivlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “BANK-MOLIYA XIZMATLARI” FAKULTETI “BANK ISHI” KAFEDRASI “BANK ISHI” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “TIJORAT BANKLARINING AKTIV OPERATSIYALARI VA ULARNING TARKIBI.” Bajardi: 2-kurs Bank ishi va audit Rofiyev Feruz. Ilmiy rahbari: Topshirgan sanasi: Himoya qilingan sanasi: Baho: Samarqand-2023 Kirish. I bob. TIJORAT BANKLARINING AKTIV OPERATSIYALARI VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI 1.1. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari va foiz siyosati. 1.2. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalari. II. TIJORAT BANKLARIDA VALYUTA SIYOSATI HAMDA MIJOZLARNING KREDITORLIK QARZLARI BILAN ISHLASH OPERATSIYALARI 2.1 Tijorat banklarida valyuta operatsiyalari 2.2 Tijorat banklarining faktoring-lizing hamda trast-forfeying operatsiyalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Tijorat banklari faoliyatida uning aktivlari va ular bilan bog‘liq operatsiyalarning risklilik darajasini aniqlash bu jarayonni boshqarib borishda muhim o‘rin tutadi. Bank aktivlari tarkibi deyilganda, balans yakuniga nisbatan har xil sifatdagi aktivlar salmog‘i tushuniladi. Tijorat banklari aktivlarini asosan to‘rt kategoriyaga bo‘lib o‘rganish mumkin: bular kassadagi pul mablag‘lari va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar; investitsiya va qimmatli qog‘ozlar; ssudalar; binolar va asbobuskunalar. Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd mablag‘lar, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbob-uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadilar. Bank aktivlari tarkibining to‘g‘ri belgilab olinishi va ulardan maqsadli foydalanishi banklarning samarali faoliyat olib borishiga asos bo‘ladi. Tijorat banklarining aktivlari o‘ziga xos belgilariga ko‘ra likvidlik va tavakkalchilik darajasiga hamda daromad keltirishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bank balansida aktivlar likvidlik darajasiga qarab aks ettiriladi va shunga ko‘ra ular 3 guruhga: yuqori likvidli aktivlar, likvidli aktivlar, nolikvid (past likvidli) aktivlarga bo‘linadi. 1-guruh – yuqori likvidli aktivlar: kassadagi va yo‘ldagi naqd pullar, qimmatbaho toshlar, tan- galar, cheklar va boshqa pul shakllari; vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘ qoldiqlari; „Nostro“ va „Vostro“ schotlaridagi qoldiqlar; majburiy rezervlar schoti bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i; qimmatli qog‘ozlar, xazina veksellari, davlat obligatsiyalari, URMB ning qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalari. 2-guruh – likvid aktivlar: berilgan kreditlar (jumladan banklararo ham); o‘z investitsiyalari; d) boshqa qimmatli qog‘ozlar, muddati 30 kungacha bo‘lgan debitorlar. 3-guruh – nolikvid (past likvidli) aktivlar: a) muddati o‘tgan ssudalar; b) muddati o‘tgan foizlar; sud aralashuvi bilan o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan ssudalar; tugallanmagan ishlab chiqarish; asosiy vositalar. Bank doimiy tarzda o‘zining likvidliligini ma’lum bir darajada saqlashi kerak, ya’ni o‘zining to‘lovga qodirligini shubha ostida qoldirmasligi kerak. Likvidlilikka bo‘lgan talab aktivlardan keladigan daromadni oshirish faoliyatiga ma’lum darajada qarshi turadi. Bankning aktivlari qanchalik darajada likvidli bo‘lsa, ular bilan bog‘liq risk shunchalik kichik bo‘ladi, ammo ularga to‘lanadigan foiz ham shunchalik kam bo‘ladi. Belgilangan to‘lovga qodirlik doirasidan chiqmagan holda aktivlarga joylashtirilgan kapitaldan daromadni oshirish, bankda boshqarish san’atini belgilaydi. Bank likvidlilikni ikki xil yo‘l bilan ta’minlashi mumkin: Ortiqcha likvidli aktivlarni yig‘ish orqali; Jahon amaliyotida kenga qo‘llanilayotgan usul – likvidlilikni kam daromad keltiruvchi va tez sotiluvchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash orqali. Kassadagi pul mablag‘lari – bankning kassasida saqlana yotgan va bank kunlik hisobraqamlari bo‘yicha naqd pul ber ishga, pulni maydalab berishga, naqd pul shaklida kreditlar berishga, bank xarajati uchun haq to‘lashga, xizmatchilarga ish haqi berishga va boshqa xarajatlarga zarur bo‘lgan qog‘oz pullar va tangalar hisoblanadi. Shuning uchun ham bank mijozning tal abini qondirish uchun beriladigan qog‘oz pullar va tangalarga ega bo‘lishi ke rak. Kassadagi naqd pullarning qoldig‘iga bir nechta omillar ta’sir qiladi, jumladan: mavsumiylik, bankn ing hududiy joylashishi va boshqalar. Odatda jahon amaliyotida bank aktivlarining naqd pul bo‘limiga, kassadagi naqd pullar, majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar, vakillik banklariga joyl ashtirilgan depozitlar hamda inkassatsiya qilinayotgan naqd pullar qo‘shiladi, chunki bu mablag‘lar birinchi talab qilinganda naqd pulga aylanadi. Shuning uchun ham bu mablag‘larni bankda „birinchi mudofaa chizig‘i“ deb atashadi, chunki mijoz tasodifan o‘z depozitini yoki kredit so‘rab kelganda aynan shu mablag‘lardan foydalaniladi. Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subyektlari kabi o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni resurslariga ega bo‘lishlari lozim. Iqtisodiyotning rivojlanishida bank resurslarini tashkil etish muammosi bank faoliyatini bir maromda olib borishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Buni shunday izohlash mumkin: iqtisodiyotning bozor modeliga o‘tishi bilan bank ishida davlat monopoliyasi tugatiladi, ikki bosqichli bank tizimining shakllanishida bank resurslari xarakteri ijobiy tomonga o‘zgaradi. Undan tashqari, uning aktiv operatsiyalari obyekti orqali aniqlanadigan bank faoliyatining ko‘lami, ular joylashtiradigan resurslar hajmi, miqdori, jalb qilingan mablag‘lar summasiga bog‘lik bo‘ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish bo‘yicha banklar o‘rtasida raqobatni keltirib chiqaradi. Bankning asosiy vazifalaridan biri bo‘sh pul mablag‘larini mumkin qadar ko‘proq jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat. Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalar orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi. Bank resurslarini ikki katta guruhga bo‘lish mumkin. Bular, banklarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lardir. Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi – bu jalb qilingan depozitlar, boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurlardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi, ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv opera tsiyalari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sa babli passivlarning tarkibi va xarakteri ko‘p jihatdan banklarning aktiv operat siyalarini amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi. Shu bilan birga resurslar xarakteriga banklarning kreditlash siyosatin ing o‘zgarishi ham ta’sir qiladi. Bank resurlarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil etadi. Boshqa kapitallarni jalb qilish uchun bank o‘z kapitalining yetarli darajasi miqdorini ko‘rsatishi lozim. Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish bilan bir vaqtning o‘zida bu mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun ham bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining bankka oqimini ta’minlaydi. Undan tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi. Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi, kreditlar berish salohiyati, to‘lovlar, banklarning daromadlari vujudga keltiriladi. Download 27.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling