Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Download 78.33 Kb.
bet16/17
Sana09.06.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1475886
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori

6. Haqiqiy qiymat (PV, ichki qiymat, hisob-kitob qiymati, nazariy qiymat) – aksiya qiymatining o‘tkazilgan tahlil asosidagi ekspertlar bahosi.
7. Kelajakdagi qiymat (FV) – aksiyaning kelajakdagi bashorat qilinadigan kurs qiymati.
8. Buxgalteriya qiymati – qimmatli qog‘ozni xarid qilishga hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar. Ushbu qiymat bo‘yicha xarid qilingan aksiyalar kompaniya balansida aks ettiriladi. U xarid narxini, komission to‘lovni, huquqlarni qayta ro‘yxatga olish uchun to‘lovni, konsalting xizmatlari uchun to‘lov va aksiyani xarid qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. O‘tmishda ayrim mamlakatlarda aksiya kursi (foizda) – nominalning 100 pul birligida hisob-kitob qilganda aksiya narxi hisoblab chiqilgan.
Aksiyaning qiymatini aniqlash maqsadlari tamomila turlicha bo‘lishi mumkin: bu qonunchilikda belginlangan holatlarda majburiy baholash ham, aksiyalarni investor tomonidan mustaqil baholash ham bo‘lishi mumkin. U quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
– kompaniya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun xarid qilinadigan kapital ulushi qiymatini aniqlash uchun (faqat oddiy aksiyalar uchun);
– investitsion maqsadlar uchun, istiqboldagi kelajakdagi narxni aniqlash va aktivning yetarlicha baholanmagani yoki ortiqcha baho berib yuborilganini aniqlash uchun;
– aksiya narxidan kelib chiqib qisqa muddatli davrda spekulyativ foyda olish uchun.
Bozorda shunday operatsiyalar uchraydiki, bunda aksiyalarni baholash ma’noga ega emas – o‘ta qisqa muddatli operatsiyalarda chayqovchiga aktivning qiymati qanday ekanligining ahamiyati yo‘q, u faqat daqiqa va soniyalar ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlardan foyda oladi. Aksiyalarni majburiy baholash quyidagi asosiy holatlarda amalga oshiriladi:
– aksiyalar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish;
– korxonani qayta strukturalash – qo‘shib olish, birlashtirish, tugatish yoki ajratish paytida;
– aksiyalar paketini yuridik shaxs kapitaliga kiritish;
– kredit olish uchun garov qiymatini aniqlash;
– ishonch asosida boshqaruvga berish.
Majburiy baholashni o‘tkazishga qat’iy ifodalangan yondashuv mavjud bo‘lib, bundan tashqari, u alohida fanni o‘rganish predmeti hisoblanadi, shu sababli bu mavzuda u ko‘rib chiqilmaydi. Aksiyalarni ko‘ngilli ravishda baholash investorlar tomonidan mustaqil ravishda ham, aksiyaning haqiqiy (ichki) qiymatini aniqlash, vaqt bo‘yicha aksiya qiymati harakatini aniqroq bashorat qilish va uning kelajakdagi qiymatini aniqlash uchun professional investitsion maslahatchilar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunday baholash fundamental tahlilda, daromadlilikni hisob-kitob qilishda, investitsiyalash uchun vositalar tanlashda zarur. U majburiy baholash bilan bir xil usullarda amalga oshiriladi, faqat nisbatan erkin talqin bilan va turli ko‘rsatkichlardan foydalangan holda, chunki yondashuvlarni tanlash faqat investorga bog‘liq bo‘ladi. Kimdir kompaniyaning kelajakdagi daromadlarini afzal ko‘rishi mumkin, kimdir shunga o‘xshash kompaniyalar bilan taqqoslaganda aynan shu kompaniyani, yana kimdir aksiyaning asosida yotadigan aktivlar qoldiq qiymatini. Shunday qilib, umumiy holatda aksiyani baholash uchun uchta asosiy yondashuvdan foydalaniladi:

Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling