Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Download 78.33 Kb.
bet15/17
Sana09.06.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1475886
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori

1. Nominal qiymat (N) – aksiyaning ustiga yozib qo‘yilgan qiymati – bu aksiyadorlik jamiyatining nizom kapitalidagi ulush qiymati, kapital tituli qiymatidir. U quyidagi hollarda muhim ahamiyat kasb etadi:
1) aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilishda aksiyalar ta’sischilar o‘rtasida faqat nominal bo‘yicha taqsimlanadi;
2) dividend to‘lovlarida, chunki dividendlar nominalga nisbatan foizlarda to‘lanishi mumkin.
2. Emissiya qiymati (P) – aksiyani fond bozorida joylashtirish (birlamchi sotish) narxi. Agar aksiyadorlik jamiyati qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini amalga oshiradigan va ular nominaldan qimmat narxda sotiladigan bo‘lsa, bunda nizom kapitaliga faqat nominal qiymat kiritiladi. Sotuv narxi va nominal o‘rtasidagi farq emissiya daromadi deb ataladi va qo‘shimcha kapital kiritiladi.
Emissiya daromadi = emissiya narxi – nominal.


3. Kurs qiymati (PV) (joriy qiymat, bozor qiymati) – aksiyaning ikkilamchi bozordagi narxi. Bunda ushbu holatda bozor narxining bir necha xil turi mavjud:
– talab va taklif narxi (amalga oshirilmagan bitimlar);
– ochish narxi (birinchi bitim narxi);
– o‘rtacha o‘lchangan narx;
– bitimlarning maksimal narxi;
bitimlarning minimal narxi;
– yopish narxi (birjadagi savdoning oxirgi soati davomidagi bitimlar asosida birja tomonidan belgilanadigan maxsus formula asosida aniqlanadigan narx).
Amaliyotda yuzaga kelgan bozor narxi sifatida faqat bozor narxi, ya’ni amalga oshirilgan talab va taklif narxi qabul qilinadi. Bundan tashqari, ko‘pincha bozor narxi etalon ko‘rsatkichi yopish narxi hisoblanadi.
4. Balans qiymati (B, kitob qiymati) – bitta aksiyaga hisoblaganda aksiyadorlik jamiyati sof aktivlarining qiymati.
B = 𝑁𝐴 / 𝑄
bu yerda:
NA – sof aktivlar;
Q – aksiyalar soni.
5. Tugatish qiymati (imtiyozli aksiyalarni qayta xarid qilish narxi, L) – aksiyaning biznes tugatilgan paytdagi qiymati. Tugatish narxi investorga agarda kompaniya o‘z faoliyatini to‘xtatgan va uning aktivlari sotib yuboriladigan holatda u nimalar olishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Imtiyozli aksiyalar egalari uchun u kompaniya nizomida, oddiy aksiyalar egalari uchun esa – barcha kreditorlar va imtiyozli aksiyalar egalari bilan hisob-kitoblardan so‘ng qolgan qoldiqlardan kelib chiqib belgilnadi. Biroq jamiyat bankrot bo‘lgan holatda tugatish narxi ikkala holatda ham nolga teng bo‘lishi mumkin.

Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling