Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Korporativ obligatsiyalar


Download 78.33 Kb.
bet4/17
Sana09.06.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1475886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori

Korporativ obligatsiyalar – aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar, obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz hisoblanadi. (O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasi).
Korporativ obligatsiyalar chiqarish shartlari:
1. Obligatsiyalar chiqarishga nizom kapitali to‘liq to‘langanidan keyingina ruxsat etiladi.
2. Barcha obligatsiyalar nominal qiymati nizom kapitali miqdoridan yoki uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ta’minot hajmidan katta bo‘lmasligi lozim.
3. Ta’minotsiz obligatsiyalar chiqarishga ikkita yillik balans tegishlicha rasmiylashtirilgan va foyda bilan ishlash shartida jamiyat kamida uch yil faoliyat ko‘rsatgan hollardagina ruxsat etiladi.
4. Agar e’lon qilingan aksiyalar soni ularga obligatsiyalar taqdim etadigan huquqdagi aksiyalar sonidan kam bo‘lsa, jamiyat obligatsiyalar joylashtirishga haqli emas.
Boshqa har qanday qimmatli qog‘ozlar kabi, obligatsiyalar xarid qilishda investor eng avvalo, emitentning ishonchlilik darajasini aniqlab olishi zarur. U rozi bo‘ladigan obligatsiya daromadliligi va narxi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Aksiyalarga nisbatan korporativ obligatsiyalarga investitsiyalar kiritish ancha ishonchlidir, chunki obligatsiyalarning narxi aksiyalarning narxidek tez o‘zgaruvchan hisoblanmaydi. Korporativ obligatsiyalarga kiritilgan investitsiyalarning yuqori ishonchligi ularning investorlar tomonidan keng tanlanishiga olib kelmoqda, chunki obligatsiyalar aylanmasi dunyoning eng yirik fond bozorlari aylanmasining 2/3 qismini tashkil etadi. Shu sababli korporativ obligatsiyalar butun dunyoda korxonalarni uzoq muddat davomida moliyalashtirishning ishonchli vositalaridan biri deb tan olingan.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ obligatsiyalar qanday tartibda chiqariladi?
Korporativ obligatsiyalar chiqarish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 30 avgustda 2000-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga asosan tartibga solinadi. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, shuningdek, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 30-modda).

Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling