Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Download 78.33 Kb.
bet3/17
Sana09.06.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1475886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori

X1X2X3X4X5X6X7X8X9
Bunda:
X1 - qimmatli qog‘ozning turini ko‘rsatuvchi raqam, ayni vaqtda
«2» - qarz majburiyati;
X2 - qimmatli qog‘ozning xilini ko‘rsatuvchi raqam,
«1» - uch oylik obligatsiyalar uchun;
«2» - olti oylik obligatsiyalar uchun;
«3» - o‘n ikki oylik obligatsiyalar uchun;
X3X4X5 – emissiyaning ro‘yxat raqami;
X6X7X8 – emitentning ko‘rsatuvchi (O‘zbekiston Moliya vazirligi)
X9 - qimmatli qog‘ozning davlatga tegishliligini ko‘rsatuvchi «S» xarfi.
Masalan: 1996 yil 28 martda chiqarilgan uch oylik obligatsiyalar emissiyasiga 21OOIUMF raqami berilgan edi.
Obligatsiyalarining chiqarilishining asosiy shartlari emissiya kunidan 7 kun avval Markaziy bank tomonidan e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasidagi barcha yuridik shaxslar DQMO obligatsiyalarining egasi bo‘lishi mumkin. Hozircha DQMO Respublikamizda jismoniy shaxslar shaxslar o‘rtasida sotilmaydi. Yaqin kelajakda DQMO bozoriga jismoniy shaxslarni ham ishtirokiga yo‘l qo‘yilsa, bu qimmatli qog‘ozlar bozorida raqobatning kuchayishiga olib keladi.

2 – savol bayoni: Har bir aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy – xo‘jalik faoliyatida ertami-kechmi aylanma mablag‘larni to‘ldirish, yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha ish joylarini yaratish va boshqa shu kabi maqsadlar uchun yetarli pul rusurslari mavjud emasligi sababli uning imkoniyatlari cheklanganligi seziladi. Ayrim aksiyadorlik jamiyatlari ushbu muammoni bank kreditlari orqali hal qilishga harakat qiladi. Biroq ushbu kreditni, narxi olingan kredit summasidan yuqori bo‘lgan mulk garovi evaziga olishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bank kredit stavkalari yuqori hisoblanadi.


Ushbu muammoni yechishning aksiyadorlik jamiyatlari uchun boshqa samarali usullari ham mavjud bo‘lib, bular, qo‘shimcha aksiyalar va obligatsiyalar chiqarishdan iborat. Biroq, ushbu qo‘shimcha aksiyalarni jamiyatning raqobatchisi olib ushbu jamiyat ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishi mumkin. Shu sababli hozirgi kunda aksiyadorlik jamiyatlari uchun qulay hisoblangan qarz tizimi, ya’ni korporativ obligatsiyalar chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki, obligatsiyalar mamlakat iqtisodiyotining real sektorida investitsiyalar jalb etishning ishonchli va ta’sirchan yo‘llaridan biri sanaladi. Shu bois ham mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirishga katta e’tibor karatilmoqda. Obligatsiyalar kiritilgan sarmoyalardan foizli daromad olishning ishonchli vositasi bo‘lib, emitent (aksiyadorlik jamiyati) uchun investitsiyalarni jalb etishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbai hisoblanadi va o‘z navbatida jamiyatning mulkchilik munosabatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi.
Obligatsiyalar aksiyalarga qaraganda kam, biroq kafolatlangan daromad keltirib, fond bozorida mablag‘ joylashtirilishining ishonchli garovi ham deyiladi. Obligatsiyalar aksiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari va boshqa shakldagi xo‘jalik jamiyatlari tomonidan chiqarilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar korporativ obligatsiyalar deb ataladi.
Shu o‘rinda korporativ obligatsiyalar o‘zi nima va ushbu obligatsiyalarga mablag‘larni kiritish afzalliklari nimadan iborat, degan tabiiy savol tug‘iladi?

Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling