Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Korporativ obligatsiyalar qanday shartlarga rioya etilgan holda chiqariladi?


Download 78.33 Kb.
bet5/17
Sana09.06.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1475886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori

Korporativ obligatsiyalar qanday shartlarga rioya etilgan holda chiqariladi?
Birinchidan, emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida.
Ikkinchidan, keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan.
Uchinchidan, investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. (“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi).
Korporativ obligatsiyalarni xarid qilgan investor qanday foyda va qulayliklarga ega bo‘ladi?
Har bir obligatsiya uning egasiga ma’lum bir muddat o‘tgandan so‘ng foiz ko‘rinishida daromad olishga, obligatsiyalarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng uning egasiga obligatsiyalarga kiritilgan barcha mablag‘larning so‘zsiz qaytarilishiga, ikkilamchi bozorda obligatsiyani xohlagan paytida sotishi mumkinligi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq korxona tugatilganda obligatsiya bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlar qismi doirasida korxona aktivlarining ma’lum bir qismini olish kabi huquqlarini beradi.
O‘zbekiston 2019 yilning birinchi yoki ikkinchi choragida o‘z tarixida ilk bor yevroobligatsiyalarni chiqaradi 500 mln. dollarlik yevroobligatsiyalar 5−10 yil muddatga chiqariladi.
Yevroobligatsiya – emitent xorijiy valyutadagi uzoq muddatli qimmatli qog‘oz. Yevrobondlar uzoq muddatga – 1 yildan 40 yilgacha muddatda pul mablag‘larini olishdan manfaatdor bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, yirik korporatsiyalar tomonidan chiqariladi. Muayyan muddatdan keyin qayta sotib olinishi kerak. Nomida «evro» so‘zi qo‘shilgan bo‘lsa ham (bunday qimmatli qog‘ozlar ilk bor Yevropada paydo bo‘lgan), bugungi kunda ular turli bozorlarda turli valyutalarda chiqariladi.
O‘zbekistonda yevrobondlarning joylashtirilishi bozordagi vaziyatga bog‘liq ekanligi qayd etilgan. U AQSh Federal zahira tizimi bo‘yicha bazaviy foiz stavkasini 0,25 foiz punkti miqdorida oshirib, yillik 2,25 dan 2,5 foizga yetkazganiga e’tibor qaratdi. Amerika fond bozorlari asosiy indekslarning kamaytirilishiga munosabat bildirdi.
Ta’minlangan obligatsiyalar (debetures) ularni chiqarayotgan korporatsiyaning to‘liq majburiyati ostida bo‘ladi va ta’minlanmagan kreditni ifodalaydi. Bunday obligatsiya egalarini himoya qilish maqsadida obligatsion kelishuv odatda ham ta’minlangan ham ta’minlanmagan qarz qog‘ozlarining kelajakdagi emissiyasi cheklovlarini o‘z ichiga oladi.



Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling