Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Download 78.33 Kb.
bet1/17
Sana09.06.2023
Hajmi78.33 Kb.
#1475886
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
12-Mavzu Obligatsiyalar bozori


OBLIGATSIYALAR VA AKSIYALAR BOZORI
Reja:

  1. Obligatsiyalar moliya bozorining muhim instrumenti

  2. Obligatsiyalar emitentlari. Obligatsiyalar tasnifi.

  3. Davlat obligatsiyalari. Munitsipal obligatsiyalar. Korporativ obligatsiyalar va ularni muomalaga chiqarish shartlari.

  4. Aksiyalar va ularning qo‘llanish xususiyatlari. Aksiyalar bozorini o‘ziga xos xususiyatlari

Tayanch so‘z va iboralar: Obligatsiya, xorijiy obligatsiyalar, kupon stavkasi, diskont, korporativ obligatsiyalar, obligatsiyalar reytingi, obligatsiyalar qiymati, obligatsiyalar dyuratsiyasi.


1 – savol bayoni: Qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turi obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag‘lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatini ularda ko‘rsatilgan muddatda, belgilangan foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir.
Obligatsiya – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “majburiyat” degan ma’noni bildiradi. Obligatsiya chiqargan tashkilot (emitent) qarzdor rolida qatnashadi. Aksiya va obligatsiyalarni investitsiya qimmatli qog‘ozlari deb atashadi. Obligatsiyalar aksiyalardan farq qiladi. Bular quyidagilar: Aksiyani sotib olgan aksiyador, korxona mulkining bir qismiga egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, obligatsiya sotib olgan sarmoyador buday huquqga ega bo‘la olmaydi, u faqat kredit beruvchi sifatida qatnashadi. Bundan tashqari, obligatsiya faqat unda ko‘rsatilgan muddatda amal qiladi va shu muddatda daromad (foiz) keltiradi.
Obligatsiya odatda o‘z egasiga oldindan belgilangan foiz keltiradi. Aksiyadorlik jamiyati obligatsiyasi uning egasiga mazkur jamiyatining umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqini bermaydi, lekin obligatsiyalarning nisbatan ustunligi ham bor. Obligatsiyalarni sotib olish aksiyalarni sotib olishga nisbatan kamroq xatarli ish hisoblanadi. Chunki, kompaniya (emitent) qashshoqlikka uchragan holda obligatsiya egasi kreditor sifatida nafaqat oddiy aksiyalar, balki imtiyozli aksiyalarning egalaridan ham oldin qarzlarini olish huquqiga egadir.
Obligatsiyalarni chiqarishdan maqsad ham davlat ichki qarzini pul emissiyasi hisobiga emas, balki bozor munosabalariga tayangan vositalar yordamida, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish yo‘li bilan qoplashni ko‘zda tutadi. Bu esa pul qadrsizlanishi darajasini pasaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, korxonalar vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini muomalaga kiritish evaziga qo‘shimcha daromad oladi. Markaziy bank obligatsiyalar yordamida pul-kredit siyosatini o‘tkazishda ham foydalaniladi. Markaziy bank ikkilamchi bozorda obligatsiyalarni xarid qilish yoki sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshira turib, muomalada bo‘lgan pul muassasasi hajmini tartibga solib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra obligatsiyalarning quyidagi turlari chiqarilishi mumkin:
- respublika ichki zayomlarining, mahalliy zayomlarning obligatsiyalari;
- korxonaning obligatsiyalari.
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo‘lsa, shu mollarni (xizmatlarni) aks ettirishi shart. Respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalar taqdim etuvchiga tegishli qilib chiqariladi. Bu zayomlar obligatsiyalarini chiqarish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda emitent, obligatsiyani chiqarish shartlari va ularni tarqatish tartibi belgilab qo‘yilishi lozim.
Korxonalarning obligatsiyalari mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalar tomonidan chiqarilishi mumkin. Obligatsiyalar o‘z egalariga korxona boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi. Korxona va aksiyadorlik jamiyatlarining obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qarori tegishli ma’muriyat va ijroiya organi (boshqaruvi) tomonidan qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Korxonaning obligatsiyalari emitentlarning Ustav fondini shakllantirish va to‘ldirish uchun, shuningdek, ularnng xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarini qoplash uchun chiqarish yo‘l qo‘yilmaydi. Aksiyadorlik jamiyatlari chiqarilgan barcha aksiyalar haqi to‘liq to‘langandan keyingina Ustav fondi miqdorining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan summada obligatsiyalar chiqarishlariga ruxsat beriladi.
Mulkchilikning boshqa shakllariga mansub korxonalarda obligatsiyalar chiqarish summasi, miqdori amaldagi qonunlar asosida belgilanishi mumkin. Xalqaro miqyosda, obligatsiyalar muayyan bir muddatga chiqarilishi mumkin ya’ni:

Download 78.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling