Obodonlashtirish va transport
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
Prop liar usuli
vertikal rejalashda loyihalash usullaridan biri bo'lib, bu usulga asosan, loyihalashning chizm a materiallari profillar setkasi aks etgan hududning tarxi bilan profillarning o'zlaridan iborat bo'ladi. Profillar hudud tarxida gorizontallar yoki nivelir belgilari bilan tuziladi. Vertikal rejalashni profillar usulida loyihalash quyidagi ketma- ketlikda bajariladi: loyihalanayotgan hudud tarxi profillar setkasiga bo'linadi; setkaning ikkala yo'nalishi bo'yicha profillar tuziladi; profillarni ulaming kesishgan o'zaro bog'liq joylarida loyihalash; yer ishlari hajmini hisoblash (olish va to'kish). Profillar setkasi kvadratlar yoki to'g'ri burchakli to'rtburchaklar bo'yicha bo'linadi, ulam ing o'lcham lari vertikal rejalashni loyihalash bosqichlaridan, hududning o'lcham i va vazifasidan hamda tabiiy relyefning kesishganlik darajalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi (1.1-rasm). Kvadrat tomonlari kichik hududlar uchun 20—40 yoki 50 m, nisbatan katta, qurilmaydigan va maxsus foydalanish uchun tayyorlanadigan (sug'orish va filtratsiya maydonlari, aerodromlar, iprodrom lar va h.k.) hududlam i loyihalashtirishda — 100—200 m. Shahar yoki tum anning vertikal rejasi sxemasini ishlab chiqishda profillar setkasi ko'cha o'q i bo'yicha bo'linadi (1.1-rasm). 19 1.1-rasm. P rofillar usulida hududni vertikal rejalashtirish. 20 Tabiiy va loyihaviy relyef profillarda sirtning kesimi, tabiiy (qora), loyihaviy (qizil) va ishchi belgilar (to'km a va olingan joylarning chuqurligi) va maydonlarda loyihaviy nishabliklar ko'rinishida ifodalanadi (1.2-rasm). 1.2-rasm. Loyihaviy va ishchi belgilari ko'rsatilgan, loyihaviy chiziqlar o'tkazilgan vertikal reja profili. Profillar usulida vertikal rejalashtirishning xususiy holi sifatida shahar ko'cha va yo'llari hisoblanadi. Bunda bo'ylam a profil ko'chaning o'qidan o 'tib, ko'ndalang profillar har bir piketda bajariladi (1.2-rasm). Profillar usulini am alda qo'llash ko'p mehnat talab qilib, uzun masofada bir vaqtning o'zida juda ko'p profillar loyihalanadi. Asosiy murakkablik profillar kesishmasi nuqtasida loyihaviy belgilami bog'lashdir. Q o'shni profillar bo'yicha qiyaliklaming to 'g 'ri kelmasligi, sirtning mo'ljallanayotgan yoki berilgan shaklidan uzoqlashish, har doim to'g'rilash qiyin kechadigan va ba’zi holatlarda loyihani qaytadan bajarishni talab qiladi. Yer ishlarining hajmi va loyihaning mos ravishdagi texnik- iqtisodiy ko'rsatkichi faqatgina loyiha ishlari tugagandan so'ng m a’lum bo'ladi. Yer ishlarining qoniqarsiz balansi ko'pgina yo: barcha profillar belgilarining va qiyaliklarining o'zgarishiga olib kelishi mumkin. ProfiMar usulini qo'llanish sohalari bo'lib, qurilish ko'zda tutilmagan katta m aydonlam i rejalashtirish ham da relyef sirtini har 21 bir elem enti bo'yicha batafsil rejnlashtirishsiz, um um iy prinsipial yechim ini ishlab chiqish bosqichida qo'llaniladi. Loyihaviy-rejalashtirish amaliyotida vertikal rejalashtirishni loyihalashda setkalar bo'yicha profillarsiz bir qancha soddalashtirilgan usullari qo'llaniladi. Bu holda loyihaviy belgilar va qiyaliklar hududning rejasi bo'yicha aniqlanadi. Bunday loyihalash, odatda yer ishlari hajmini hisobga olmaydi. Bu usulda vertikal rejalashtirish faqatgina relyefning taqribiy yechimini beradi. Bu esa shahar bosh rejasi bo'yicha va shahar tum anini batafsil loyihasi bo'yicha rejalash va qurishda vertikal rejalash sxemalarini loyihalashda loyihaviy-rejalash ishlarida ahamiyatlidir. 1.2.3. Loyihaviy (q izil) gorizontallar usuli Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling