tushislii lozim. Daraxt va butalar bog'clia binosiga soya qilmasligi
kerak, shuning uchun daraxtlar binoga 10 m dan yaqin ekilmaydi,
butalar esa 5 m dan yaqin ekilmaydi. Daraxtlar yo'lak chetidan 1
m uzoqlikda ekiladi.
Gulzorlar asosan maydon va binolarning kirish qismiga,
shuningdek, bino va halqa yo'li o'rtasida yo'lak qilib joylashtiriladi.
Har bir guruhli maydonchalar atrofiga gulpushtalar ekish tavsiya
etiladi.
Gulzorlarga
ko'pyillik
gullar
(popukli
floks,
pion,
delfinium, akvilegiya. rudbekiya va h.k.) va uzoq gullaydigan bir
yillik gullar (xitoy astrasi, antirrium, petuniya, sinniya, klarkiya,
portulak, kosmeya va b) ekish maqsadga muvofiq.
Xo'jalik hovlisi hudud chegarasiga bevosita tutashgan bo'lib.
boshqa hududlardan hatto bolalarning bexosdan kirib qolishiga yo'l
qo'ymaydigan darajada ajratilishi lozim. Xo'jalik hovlisi axlat
yig'ish qurilmalari, kir quritadigan maydonchalar va xo'jalik
omboridan tashkil topadi.
Yo'llar 3,5 m enda va 12x5,5 m li orqaga burilish maydonchasi
bilan loyihalanadi. Ularni bino bo'ylab eng qisqa masofada va fasad
qismidan
8 m uzoqlikda loyihalanadi. Binodan, bolalarni guruh
maydonchalariga va guruh maydonchalardan umumiyga o'tishi
vchun 1 — 1,5 m li yo'laklar yotqiziladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha
bo'lgan
maydonchalari
o'zaro
velosiped
uchish
uchun
mo'ljallangan halqa yo'lak bilan bog'lanadi. Yo'laklar qattiq
bo'lmagan qoplamalar bilan qoplanadi (g'isht, qum, sheben, graviy,
mayda graviy va h.k.).
Maktab hududini landshaft tashkil etish
Do'stlaringiz bilan baham: |