etilmaydi. faqat neyiral ranglar bilan birga qo'llanish lavsiya etiladi.
e) farqli - bir rangdagi turli xil tuslaming qo'shilishi.
Buyumning kattaligi, shaklining o'zgarishi chiziqli persperktiva
deyiladi, rangning o'zgarishi esa — havoli persperktiva deyiladi.
Chiziqli
persperktivaga
quyidagilar
misol
bo'ladi:
agai
xiyobonning oxiri boshlanishiga qaraganda tor bo'lsa yoki oxiriga
ancha mayda daraxtlar ekilgan bo'lsa, u holda xiyobon uzunroq
ko'rinadi. Agar xiyobon oxiri tomonga qarab kengayib borsa yoki
oxiriga
boshlang'ich
qismiga
qaraganda
yirikroq
daraxllar
o'tqazilgan bo'lsa, xiyobon qisqa bo'lib ko-'rinadi. Agar ko'lning
qarama-qarshi tomonidagi daraxtlar ancha past bo'lsa, u holda kol
katta bo'lib ko'rinadi, agar qarama-qarshi tomonida ancha baland
daraxtlar osayotgan bo'lsa, u holda ko'l kichkina bo'lib ko'rinadi.
Agar ochiq maydonga yuqoridan qaralsa, u kichikroq bo'lib
luyuladi. Agar tepalikning ko'rinma balandligini ortirish kerak
bo'lsa. u holda tepalikka yuqori qismi piramidasimon shakldagi
daraxtlar o'tqazilib, ularning balandligi yuqoridan pastga qarab
kamaytirib boriladi. Har bir buyum uning ikki yoki uch barobar
balandligiga teng masofada yaxshi ko'rinadi.
Havoli perspektivaga misollar — katta masofa rangning
o'zgarishi; sariq zangoriga yaqin rangga, to‘q sariqning qoramtir —
qizilga, qizilning binafshaga, ko'kning ko'kish — kulrangga,
zangorining ko'kish — havorangga o'zgarishi. Qora rang uzoqdan
ancha och ko'rinadi, oq rang esa sarg'ish rang bo'lib ko'rinadi.
Kompozitsiya markazi. Proporsionallik. Masshtablilik
Do'stlaringiz bilan baham: |