sazovor bo'lmagan joylarini «yashirish» uchun ham muvaffaqiyatli
ravishda qo'llaniladi.
Shunday qilib, o'simliklarning m e’moriy-rejalashtirish aha
miyati ham katta va xilma-xildir.
Ko'kalamzorlashtirishda asosiy kompozitsiya prinsiplari
va o ‘simliklami bezashning kompozitsion turlari
Kompozitsiya —
m a’lum g'oyani aks ettiruvchi badiiy asarni
yaratish uchun turli xil elementlar va buyumlarni mazkur hududda
joylashtirish san’atidir. Barcha o'simliklar bog'-park san’atining
asari bo'lishi kerak. Shu maqsadda o'simliklarning umumiy
tamoyillarini (rejalash stili, kolorit, perspektiva, mutanosiblik va
masshtablilik, kompozitsiya markazi, soya va yorug'lfk nisbati,
kontrastlik,
gullashning uzluksizligi),
shuningdek,
daraxtning,
butalarning, gullaming, maysazorlaming, m e’moriy elementlar va
inshootlarning kompozitsion joylashishini bilish zarur.
Rejaviy ko'rin ish lari.
Parklarni
va
boshqa
ko'kalamzor
massivlarni qurishda rejalashning uch ko'rinishi qabul qilingan:
muntazam, peyzajli (manzarali) va aralash.
Muntazam rejalash to'g'ri keng ko'chalar; hududni geometrik
shakldagi qismlarga bo'lish; daraxtlarning simmetrik o'tkazilishi;
maydonchalarning, gulzorlaming, suv havzalarining geometrik
shakli; xiyobon va qator shaklida o'tkazilgan daraxtlarning ko'pligi;
qirqilgan daraxt va butalarning bo'lishi.
Rejalashning peyzajli manzarali ko‘rinishi hududni noto'g'ri
shakldagi qismlarga ajratish; ayrim qismlarining nosimmetrik
joylashuvi; daraxtlar, butalar, gullarni erkin guruhlash; suv havzala
rining noto'g'ri shaklda bo'lishi; egri-bugri yo'Iakchalari bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |