Obodonlashtirish va transport


sazovor bo'lmagan joylarini «yashirish» uchun ham muvaffaqiyatli


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/171
Sana14.10.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1701609
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   171
Bog'liq
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

sazovor bo'lmagan joylarini «yashirish» uchun ham muvaffaqiyatli 
ravishda qo'llaniladi.
Shunday qilib, o'simliklarning m e’moriy-rejalashtirish aha­
miyati ham katta va xilma-xildir.
Ko'kalamzorlashtirishda asosiy kompozitsiya prinsiplari 
va o ‘simliklami bezashning kompozitsion turlari
Kompozitsiya —
m a’lum g'oyani aks ettiruvchi badiiy asarni 
yaratish uchun turli xil elementlar va buyumlarni mazkur hududda 
joylashtirish san’atidir. Barcha o'simliklar bog'-park san’atining 
asari bo'lishi kerak. Shu maqsadda o'simliklarning umumiy 
tamoyillarini (rejalash stili, kolorit, perspektiva, mutanosiblik va 
masshtablilik, kompozitsiya markazi, soya va yorug'lfk nisbati, 
kontrastlik, 
gullashning uzluksizligi), 
shuningdek, 
daraxtning, 
butalarning, gullaming, maysazorlaming, m e’moriy elementlar va 
inshootlarning kompozitsion joylashishini bilish zarur.
Rejaviy ko'rin ish lari.
 
Parklarni 
va 
boshqa 
ko'kalamzor 
massivlarni qurishda rejalashning uch ko'rinishi qabul qilingan: 
muntazam, peyzajli (manzarali) va aralash.
Muntazam rejalash to'g'ri keng ko'chalar; hududni geometrik 
shakldagi qismlarga bo'lish; daraxtlarning simmetrik o'tkazilishi; 
maydonchalarning, gulzorlaming, suv havzalarining geometrik 
shakli; xiyobon va qator shaklida o'tkazilgan daraxtlarning ko'pligi; 
qirqilgan daraxt va butalarning bo'lishi.
Rejalashning peyzajli manzarali ko‘rinishi hududni noto'g'ri 
shakldagi qismlarga ajratish; ayrim qismlarining nosimmetrik 
joylashuvi; daraxtlar, butalar, gullarni erkin guruhlash; suv havzala­
rining noto'g'ri shaklda bo'lishi; egri-bugri yo'Iakchalari bilan 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling