qiyofasini
shakllantirish uchun cheksiz imkoniyatlar ochib beradi. O'simliklar
shunday materialki, u ayrim binolami yoki binolar guruhini
mikrorayonning yoki dahaning yagona organizmiga yoxud shahar
turarjoy ansambliga birlashtiradi. Va nihoyat, park va bog'
massivlari, xiyobonlardagi o'simliklar va katta yo'llar yoqasidagi
daraxtlar ekilgan ko'kalamzor hudud shahar tumanlarini bir-biri
bilan shahar atrofdagi bog'Iar va o'rm on-bog'lar bilan birlashtirib,
zamonaviy mukammal shaharni tashkil etadi.
O'simliklar suv havzalari bilan birga qo'shilib shahaming butun
me’moriy qiyofasini yumshatadi, unga rang-baranglik bag'ishlaydi,
«tosh beton» kvartallar degan tushunchani yo'qotadi.
Shahaming
hajmiy-fazoviy
qiyofasini
yaratishda
ham
o'simliklarning ahamiyati kattadir. Aynan kichik va katta massivlar
tarzidagi o'simliklar, shuningdek, ko'chalarda va maydonlarda,
dahalarda va mikrorayonlardagi chiziqli va guruh-guruh daraxtlar
shahaming hajmiy yechimiga har xillik va mazmun baxsh etishi
mumkin.
O'simliklar faqat estetik emas, balki psixologik ahamiyatga
ham ega. Bo'yoqlar boyligi, gullar hidi, barglaming shitirlashi —
bularning hammasi o'simliklarning mikroiqlimga va insonga, uning
kayfiyatiga'va asab tizimiga ijobiy ta ’siridir.
O'simliklar shahar transporti va piyodalarning harakatini
tartibga
solish,
ajratish
chiziqlarini
o'm atish,
«xavfsizlik
orolchalarini» qurish va h.k. rejalash tadbirlarida keng foydalanishi
159
mumkin. 0 ‘simliklar eski binolami va shahaming boshqa diqqatga
Do'stlaringiz bilan baham: |