terak, ulaming balandligi 20—30 m bo'lgan holda yuqori qismining
diametri 2—3 m). Ayrim uncha baland bo'lmagan turlarning tepa
qismi
keng shoxlangan bo'ladi
(masalan,
albitsiyada yetuk
daraxtlarda balandligi 10 m bo'lsa, tepa qismining diametri 10—15
m ga yetadi).
Baland butalar uchun tepa qismining diametri 3—5 m va
undan katta, o'rtacha balandlikdagi butada 1—3 m, past bo'yli
butada — 0 ,5 —lm.
O'sish tezligi
. 0 ‘sish tezkorligi - yog'och o'simliklarining
muhim xususiyatidir. Tez o'suvchi daraxtlar va butalar ertaroq
dekorativ va sanitariya-gigienik samara beradi va ertaroq himoyaviy
xossalarni namoyon
etadi. Tepa qismlarining tez bir-biriga
qo'shilishi tuproqqa ishlov berishini ertaroq to'xtatishiga imkon
berib, ekinlarni yaratishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Daraxtlarning ko'payishi uch yo'nalishda kechadi: balandligi
bo'yicha, tepa qismining kengligi (diametri bo'yicha va yo'g'onligi
(poyasining diametri)) bo'yicha.
Xiyobonlarga o'tqazish uchun daraxt tanlashda balandligi,
poyasi vo'g'onligining ortishi va tepasining kengligi e ’tiborga
olinadi, yakka daraxt o'tqazish uchun esa — balandlik va tepa
qismining eni bo'yicha o'sishi. Turli yog'och navlarida o'sish
kattaligi turlichadir, lekin barcha turlarda umumiy qonuniyat
kuzatiladi: daraxt hayotining birinchi yilida yillik o'sish uncha katta
bo'lmaydi, keyin asta-sekin oitib boradi, ma’lum yoshga yetganda
eng katta qiymatga erishadi, keyin asta-sekin karnayadi, qariganda
177
to'xtaydi. Daraxtlarning ko'pchilik turlarida yuqoriga qarab eng
Do'stlaringiz bilan baham: |