Obodonlashtirish va transport
zarang, ignabargli zarang, qumrang yong'oq, oddiy shumurt, oddiy
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
zarang, ignabargli zarang, qumrang yong'oq, oddiy shumurt, oddiy
shumtol, butalar — do'lana, oddiy kamina, rugoza atirguli, oddiy nastarin, Vengriya nastarini. 3. O'rtacha sovuqqa chidamli (15—25 °C gacha sovuqqa chidaydi) — Qrim qarag'ayi, oq akatsiya, gledichiya, oddiy katalpa, ajoyib katalpa, otlar kashtani, dala zarangi, kumushsimon zarang, g'arb karkasi, qora terak, qora yong'oq, sariq qarag'ay, yapon soforasi, Berlin teragi, Kanada teragi, oq tut, sharq chinori; butalar — yapon behisi, oddiy biryuchina, deysiya, kalina garsovina, tor bargli lox, skumpiya, nastarin, chebushnik, na’matak turlarining katta qismi. 4. Sovuqqa chidamaydigan daraxtlar (1 0 —15°C gacha bo'lgan sovuqlarga uzoq bo'lmagan muddatga chiday oladigan) — Arizona kiparisi, tiqin qilinadigan eman; vavilon toli, doimiy yashil sarv, kriptomeriya, lavr, magnoliya, doimo ko'k sekvoya, evkalipt; butalar—glitsiniya, gortenziya, jasmin, zaytun, megerstremiya va b. 5 . Issiqsevar o'simliklar (10°C dan past) bo'lmagan qisqa muddatli harorat pasayishiga chidamli o'simliklar; ularga subtropik daraxt navlarining katta qismi kiradi. 180 0 ‘zbekistonda ko'kalamzoriashtirish uchun birinchi to 'rtta guruhdagi o'simliklardan foydalanish mumkin. Yozda 42°C gacha yetadigan yuqori havo harorati yetuk o'sim liklar uchun va ayniqsa, urug'dan unib chiqqan o'simliklar uchun juda xavflidir, ular ko'pchilik turlarda siqilib yetishtiriladi. Achchiq kashtan, yirik bargli jo'ka, qayinning ayrim turlarining barg va ignabarglari yozgi jaziramada kuyadi. O'simliklarning hayotida tuproqning ildizga ozuqa beruvchi qatlamining harorat rejimi katta ahamiyatga ega bo'lib, u organik qoldiqlarning chirishi tezligini, ildizlarning o'sishi va nafas olishini, o'simlikka suv va mineral moddalarning kelishini va h.k.larni belgilaydi. Zamonaviy sanoat shahrida tuproqning harorat rejimi uning tabiiy sharoitlaridagi rejimidan tubdan farq qiladi. 15 sm chuqurlikda tuproqning harorati odatda, havo haroratiga teng bo'ladi. Bu hoi o'rm on d a hech qachon kuzatilmaydi. Havo harorati 36°C bo'lganda asfalt qoplamasi ostida 20 sm chuqurlikdagi 48°C gacha qiziydi, ammo bog'da shu vaqtda daraxt poyalari ostida xuddi shu chuqurlikda harorat 26°C dan oshmaydi. Yoz vaqti ko'chada ekinlarning chuqurchalarini bekitib turadigan metall panjaralar tuproqning haroratini ancha oshiradi. O 'ta qizish tuproq namligini bug'lanishini keskin oshiradi va yerni tez quritib yuboradi. Ortiqcha issiqlik namlikning barglar orqali bug'lanishini oshiradi va ildiz tizimi faoliyatini susaytiradi. Yuqori haroratda va namlik yetarli bo'lm aganda ildiz tuklarining o'sishi qisqaradi, ularning so'rish qobiliyati susayadi va o'simliklarning umumiy suv balansi yomonlashadi. Qishda qor qoplami bo'lmaganda, asfalt ostida tuproq ancha chuqur joygacha muzlaydi va 20 sm chuqurlikda tashqi havo haroratining 5 7 -70 % teng darajaga pasayadi. Qattiq muzlagan tuproqda daraxtlarning ildizi shikastlanadi. K o'chalar, maydonlar va asfalt bilan qoplangan joylardagi tuproqning noqulay harorat rejimi ko'kalamzoriashtirish uchun yanada chidam li daraxt navlarini tanlab olishni talab qiladi. Shahar sharoitida, toshli qurilishlar va ko'cha hamda maydonlarning asfalt qoplamalari orasida yuqori bo'lganda transpiratsiya va nafas olish jadalligi keskin kuchayadi, o'simlik to'qim alari suvsizlanadi, fotosintezning jadalligi tushadi, organik modda sarfi asta-sekin uning sintezidan oila boradi. O'simlik susayadi, kasallik va zararkunandalarga oson chalinadi, dekorativligini va mustahkamligini yo'qotadi, vaqtidan ilgari halok bo'ladi. 181 Buta navidagi daraxtlar yuqori haroratning ta ’siriga turlicha qarshilik ko'rsatadi. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling