Obodonlashtirish va transport
Issiqlikdan farqli ravishda
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
182
Issiqlikdan farqli ravishda yorug'lik daraxt o'simligining tashqi qiyofasiga ko'proq shakllantiruvchi ta’sir ko'rsatadi. Masalan, yorug'likda o'sgan daraxtlar konussimon poyaga ega, yerga yaqin joydan yo‘g ‘on shoxlarga ega bo'lib, tepa qismi keng bo'ladi. O ’rmonda o ‘sgan daraxtlarning poyasi shoxlardan tozalangan tekis, deyarli silinrdsimon shaklda bo'ladi, uning tepa qismi uncha katta bo'lmaydi. Turli xildagi daraxtlar va butalardan guruhlar tuzib, ularning yorug'likka bo'lgan munosabatini qat’iy hisobga olishi kerak. G uruh bu hisobsiz, odatda, jonli bo'lmaydi. Daraxt navlarining yashashi va me’yorida rivojlanishi uchun yoritishning jadalligi (yorug'lik kuchi) va davomiyligi (kunning uzunligi) ahamiyatga ega. Daraxt navlarning yorug'likka bo'lgan talabining ayrim ko'rsatkichlariga bargining shakli xizmat qilishi mumkin. Barglari murakkab va keng bo'lmagan navlari odatda, yorug'likni yaxshi ko'radi, yirik oddiy yaxlit bargli navlar esa odatda, soyaga chidamli bo'ladi. Kesilgan barg shaklidagi va «rangli» lar yorug'likka ancha talabchan bo'ladilar. Daraxt navlarining issiq joylardan ancha sovuqroq joylarga siljishida yorug'likka bo'lgan ehtiyoj oitadi va aksincha. Bundan tashqari, yorug'likka talab oziqlanish sharoitlariga bog'liq: kuchsiz tuproqda yorug'likka bo'lgan talab ortadi. Daraxt navlarining jadal yorug'likka bo'lgan talabi ulam ing muhim xususiyati hisoblanadi va mazkur joy uchun navlami tanlashda va navlarning o'simliklarga qo'shilishida doim hisobga olinishi kerak. Aks holda yorug'lik yetishmasligi o'simliklarning rivojlanishiga va ularning dekorativ sifatlariga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Yorug'liksevar turlarga yaxshi yoritilgan joylar ajratishi, ularning massivlarda boshqa navlarga qaraganda siyrakroq qilib o'tkazish kerak; chunki poyaning soyada qolgan novdalari tezroq o'ladi. Soyaga chidamli daraxtlar va butalar massivlar ichiga yoki shimoliy tomonga mo'ljallangan chetiga o'tkaziladi. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling