Obodonlashtirish va transport
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
N am likka talabi
kam ancha quruq yoki kamroq quruq o'sish joyiga qoniqib yashaydi (yaproq barglilardan — Yapon behisi, aylant, qayrag'och, oq akatsiya, am orla, qayin, oddiy bryuchina, karkas, do'lana, past bo'yli qayrag'och, olcha, gledichiya va b.; ignabarglilardan — biota, tikanli archa, viijiniya qora archasi, qozoq qora archasi, Qrim qarag'ayi, oddiy qarag'ay). Yarim sahro va sahrolardagi daraxtlar namlikka talabi nihoyatda kamdir. Sug'oriladigan verlardagi atmosfem yog'inlari daraxt turini tanlashda hal qiluvchi omil bo'la olmaydi. Sug'orilmaydigan cho'l hududlarida yog'inlar keng bargli navlarining hayotini ta ’minlay olmaydi. Bu yerda ko'kalamzoriashtirish uchun saksovul, cherkez, qandish, qum akatsiyasi va boshqa shu kabi qurg'oqchilikka chidamli turlarini tanlashga to 'g 'ri keladi. O'zbekistonda o'simliklarni iqlimga moslashtirishning dastlabki bosqichi va yangi iqlimga moslashtirish muvafTaqiyatlari ko'kalam zorlar uchun navlar assortimentini kengaytirish imkonini beradi. Parklar va o'rm on parklarni loyihalashda ba’zan suv toshqinlari paytida suv bosadigan daryolarning suvloq pichanzorlarida pastqam yerlarni o'zlashtirishga to'g'ri keladi. Bunday uchastkalarda ildiz sistemasini uzoq vaqt suv bosishini 184 zararsiz ko‘tara oladigan daraxt navlarinigina o'tqazish mumkin (5-jadval). Havo. Kislorod o'simliklar uchun nafas olishida zarur, karbonat angidrid gazi esa — organik moddalar fotosintezi uchun zarur. Havoda kislorod miqdori yetarli, tuproqda esa u ko'pincha yetishmaydi, ayniqsa, u kuchli zichlashtirilganda (shahar parklarida, ko'cha va liovlidagi daraxt ekilganda). K o'cha qoplamlari ham havo aylanishini qiyinlashtiradi. Yer ustidagi qatlamda karbonat angidridi gazining manbayi kuyish, o'sim liklar va havvonlarning nafas olishi hisoblanadi, lekin tuproq organizmlarining hayot faoliyati — bakterialar va zam bunig'larning hayot faoliyati hisoblanadi. Havoning sekin liarakatida, masalan, o'rm onda uglerod ikki oksidining miqdori ikki, uch marta ortib ketadi, fotosintezning samaradorligi esa bir necha marta ortadi. Sanoat sharoitida yonilg'ining turli xillarining vonishida atmosferaga ko'tarilayotgan karbonat angidrid gazi o'simliklarning samaradorligini oshiradi. Buning sababi shundaki, sanoat korxonalari, issiqlik elektrostansiyalari, isitish qozon- xonalari, tem ir yo'l va avtomobil magistrallari yaqinida havo qurum, uglerod oksidi gazi, karbonat angidrid, xlor, azot oksidi, fenol va boshqa zaharli moddalarga, ko'pincha ko'p miqdorda bo'lgan o'sim liklar hayoti uchun zararli chiqindilar bilan ifloslanadi. Bu aralashmalarning zararli ta ’sirida o'sish sekinlashadi, ayrim shoxlari halok bo'ladi, barglar zararlanadi va tushadi, gullash va meva berish darajasi pasayadi. Susaygan o'simliklar yetarli miqdorda ozuqa m oddalarni to'play olmaydi, ko'pincha zamburug' kasalliklariga duchor bo'ladi va o'zining tabiiy qarishiga yetmasdan ancha oldin halok bo'ladi. O'simliklar uchun oltingugurt gazi, hatto 0,001% konsentratsiyada ham juda zararlidir. Shuningdek, uglerod oksidi (is gazi), sulfatvodorod, azotli va xlorli birikmalar juda ham zararli. Bundan tashqari, qurum va chang barglar ustiga tushib, hujayralarini berkitib qo'yadi, bu esa fotosintezning susayishiga olib keladi. Daraxt o'sim liklar ularga zaharli gazsimon birikmalarning ta ’siriga turlicha m unosabatda bo'ladilar. Evolutsiya jarayonida ular havoda zaharli gazlar bo'lishi kabi ekologik omilning ta ’siriga moslasha olmadilar. Ammo ularning qurg'oqchilikka nisbatan ayrim moslashishi xossalari zaharli gazsimon aralashmalarga qarshi ta ’sir etuvchi omil bo'ldi. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling