Aholi ko'p yig'iladigan
katta binolar atrofida, shahar yo'lovchi
transportlari uchun bekatlar qulay joylashtirilishi lozim. Asosiy
ko'chalar atrofida kirib-chiqish atrofdagi magistrallarga xalaqit
bermaydigan vaziyatda yengil avtomobillar uchun to'xtab
turish
maydonlari ajratilishi lozim.
Savdo ko'chalari —
katta miqdordagi piyodalar oqimini savdo
muassasalariga kelib-ketishi uchun mo'ljallanadi. Savdo do'konlari
uchun transport xizmati piyodalar harakatiga xalaqit bermaydigan,
boshqa tom ondan tashkillashtiriladi. K o'pincha savdo ko'chalari
alohida ajratilmasdan, asosiy ko'chalar tarkibiga kiritiladi.
Shuning
uchun shaham ing m a’muriy-jamoat markazlarida savdo ko'chalari
alohida ajratilmaydi va bu bilan u yerda transport harakatini
tashkillashtirish masalasi osonlashadi.
Bizning shaharlarda bunday ko'chalar asosan, bozorlar va
katta savdo markazlari atroflarida loyihalanadi.
Qirg'oq oldi ko'chalari —
daryo, dengiz, ko'l
va boshqa suv
havfzalari bo'ylab loyihalanadi. Bunday ko'chalar, suv havfzalarini
ularga tutash hududlardan ajratib, sohil bo'ylab o'tkaziladi. Qirg'oq
oldi ko'chalarini loyihalashda aholini
suv havfzasidan imkoni
boricha ko'proq m anfaatdor bo'lishi uchun ko'chani suv havfzasiga
yaqinroq olish ko'zda tutiladi. Shuning uchun qirg'oq bo'ylab sayr
qilish uchun alleya sifatida yashil polosalar tashkil etilib,
ularning
chegarasi bo'ylab qatnov qismi ham yo'lga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: