IV bob.
SH A H A R LA R N I K O ‘ K A LA M Z O R LA S H T IR IS H
4 .1 . Shaharlarni ko'kalamzorlashtirishning asosiy tamoyillari va
ahamiyati
Yerdagi
hayolni o'simliklarsiz
tasawur qilib bo'lmaydi.
Insonni o ‘rab turgan muhitning shakllanishida ularning ahamiyati
juda yuqori va xilma-xildir, chunki o'simliklar sanitariya-gigienik
vaziyatni yaxshilash xossalariga egadirlar. 0 ‘tqazilgan daraxtlar
shamol kuchini, shovqinni pasaytiradi, issiqlik rejimini tartibga
soladi, havoni changdan va zararli sanoat chiqindilardan, patogen
mikroorganizmlardan tozalaydi va uni namlantiradi, bu esa
muhitni sog'lomlashtiruvchi ahamiyatga ega. Daraxtlar
shahar-
qishloqlar aholisining dam olishi, ommaviy madaniy-oqartuv
tadbirlarini, jismoniy tarbiya hamda sog'lomlashtirish ishlarini
tashkil etishda yaxshi muhit yaratadi. Daraxtlar — bu faqat ayrim
aholi turar joylarida yashashning sanitariya-gigienik sharoitlarini
tubdan o'zgartirishining asosiy usullaridan biridir.
0 ‘simliklar aholi turarjoylari injenerlik obodonlashtirishda
muhim
o ‘rin
egallaydi.
Ular
yordamida
avtomagistrallarda
transport harakati tartibga solinadi, jarliklarga qarshi kurash olib
boriladi, o'simliklar shahar m e’morchiligida muhim ahamiyatga
ega.
Ular
shahar
landshaftini
boyitish
ko'pincha
esa
shakllantirishning ajoyib vositasi bo'lib xizmat qiladi va parklar
hamda bog'lar m e’morchiligi masalalarini hal etishda yetakchi
Do'stlaringiz bilan baham: