Obrazlilik va badiiy obraz


Download 162.89 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi162.89 Kb.
#1083326
Bog'liq
1503749158 66475


Obrazli tafakkur va badiiy to‘qima

Darsning shiori:

  • Yo`l yomon-u yaxshidin chekmagil g`am
  • Bismilloh degin-u tashlagil qadam.
  • Alisher Navoiy

Obraz va uning turlari

  • Badiiy obraz nima? Bu savolga javob berishdan avval «obraz» so`zining nima ekanli¬gini bilish lozim. Bu so`zning o`zaga «raz» (chiziq) bo`lib, o`ndan «razit» (chizmoq, o`ymoq), o`ndan «obrazit» (chizib, o`yib, yo`nib shakl yasamoq) paydo bo`lgan. Ana shu «obrazit» so`zidan «obraz» atamasi vujudga kelgan. Bu so`z «umuman olingan tasvir» ma`nosini bildiradi.

San`at va adabiyotdagi obraz

  • San`at va adabiyotdagi obrazning ilm - fandagi obrazdan ko`ra ta`sirchan bo`lishining asosiy sababi o`nda voqea - hodisalar ijodkorning aql - tafakkuri, qalb quvvati bilan boyitilganidadir. San`atkor ularga o`z his - tuyg`ulari, hissiyotlari bilan jilo beradi. Haykaltarosh oddiy xarsang tosh, yogochni chizib, yo`nib, o`yib shakl beradi, ya`ni obraz yaratadi.

Badiiylik yaratish

  • Musavvir borliq hodisalarining dabdurustdan sezish, payqash mushkul bo`lgan qirralarini ta`sirchan bo`yoq, rang, chizgilar vositasida xuddi jonliday, harakatlanayotganday namoyon etishga intiladi. Shoir, yozuvchi esa so`z vositasida voqelikning yorqin manzarasini yaratishga harakat qiladi. Kishilarni turli vaziyatlarda so`zlatadi. Ularning holat, ko`rinishlaridagi eng e`tiborli jihatlarini gavdalantiradi, kungkida kechayotgan o`y, xayolidagi manzaralarni ma`lum qiladi. So`z shoir, yozuvchining badiiylik yaratishdagi asosiy quroli sanaladi.

«Obraz» termini

  • Bevosita badiiy obraz nima ekanligini sharhlaydigan bo`lsak avvalo, adabiy asarda (umuman, san`atning barcha turlarida) tasirlangan inson, narsa-buyum, hodisalarning barchasi obraz deb yuritiladi. Chunki ularning har biri hodisaning ma`lum bir qirrasi, jihatini o`zida namoyon etib, voqelikni to`la tasavvur etish imkonini beradi. Biroq «obraz» terminini, avvalo, insonga nisbatan qo`llash maqsadga muvofiq. Chunki san`at va adabiyot asarlarida hayotning har qanday ko`rinishlarini ko`rsatishdan ko`zda to`tilgan maqsad avvalo insondir.

San`at va adabiyotda obraz deyilganda inson nazarda to`tilar ekan, demak u ijodkorning maqsad, muddaosini ifoda etuvchi kishi tasviri bo`ladi. Yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh bu kishini o`z hayotiy kuzatishlari, tajribasi, xayoli quvvati bilan yaratadi. V. Belinskiy san`at va adabiyotda obraz deyilganda inson e`tiborga olinishini ta`kidlar ekan, «Tabiat san`atning timsolidir, lekin o`ndagi eng oliy predmet esa albatta inson hisoblanmog`i kerak», deydi. Chunki inson san`at va adabiyotning asosiy ta`sir vositasi ekanligi haqiqatdir. Jumladan, asosiy qahramonlari hayvonlar bo`lgan masallarda ham odamlarning harakat - holatlari ramz (simiol)lantiriladi.

  • San`at va adabiyotda obraz deyilganda inson nazarda to`tilar ekan, demak u ijodkorning maqsad, muddaosini ifoda etuvchi kishi tasviri bo`ladi. Yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh bu kishini o`z hayotiy kuzatishlari, tajribasi, xayoli quvvati bilan yaratadi. V. Belinskiy san`at va adabiyotda obraz deyilganda inson e`tiborga olinishini ta`kidlar ekan, «Tabiat san`atning timsolidir, lekin o`ndagi eng oliy predmet esa albatta inson hisoblanmog`i kerak», deydi. Chunki inson san`at va adabiyotning asosiy ta`sir vositasi ekanligi haqiqatdir. Jumladan, asosiy qahramonlari hayvonlar bo`lgan masallarda ham odamlarning harakat - holatlari ramz (simiol)lantiriladi.
  • Shuningdek, badiiy obraz deyilganda inson bilan birgalikaa ijodkor qo`llagan ifodalar, ko`chma ma`no beruvchi so`z, iboralar ham tushuniladi.

Obrazlilik

  • Obrazlilik badiiylik ichida yashaganidek, obraz obrazlilikning mohiyatini o`zida tashiydi. Shu sabab obraz tushunchasi (demakki, keng ma`noda badiiylik) adabiyot ilmining bosh masalalaridan sanaladi, chunki unda obrazlilikning mohiyati borlig`icha namoyon bo`ladi. Demak, yozuvchi-san`atkorning butun salohiyati (mahorati, ruhshunosligi, kashfiyoti, donishmadligi...) u yaratgan obrazlarda muhrlanadi.

“Obraz” atamasi

  • “Obraz” atamasi “raz” (“chiziq”) so`zidan olingan bo`lib, “raz” so`zidan “razit” (“chizmoq”, yo`nmoq, o`ymoq) va undan “obrazit” (“chizib, yo`nib, o`yib shakl yasamoq”) so`zi yasalgan. “Obrazit”dan “Obraz” (“umuman olingan tasvir”) vujudga kelgan. Obraz nazariyasi, dastavval, Aristotel (“Poetika”) estetik qarashlarida uchrasa-da, unga birinchi bor nemis faylasufi Gegel ilmiy ta`rif bergan (“San`at obrazlar orqali fikrlashdir”)

Obraz “badiiy to`qima yordamida yaratilgan, estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va ayni chog`da, aniq manzarasidir”

  • San`at va adabiyotdagi obraz jonli harakati, jozibadorligi va yorqinligi bilan o`zida hodisaning qonuniyatini asosli va chuqur mujassam qilgani va hakozo xususiyatlari bilan farq qiladi.
  • Demak, adabiyotga hayotning hamma (inson, narsa-buyum, hayvon, hodisa, predmet, o`simlik; ko`chma ma`no beruvchi so`zlar, iboralar, leksik resurslar, ifoda vositalari kabi) unsurlari kirar ekan, kirganda ham san`atkor ongi va qalbida jilolanib, boyib, kattalashib, eng muhimi insonlashib muhrlanarkan – ularning barchasini obraz deb yuritish qonuniyatdir.

Download 162.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling