Obrazovaniya respubliki uzbekistan
Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar -
Download 224.07 Kb.
|
155 lotinda (3)
Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar - bolani MTTga qabul qilingan va shartnoma imzolangan kundan boshlab, o‘z kuchiga ega hisoblanadi. Bola MTTdan chiqarilgandan so‘ng, ushbu shartnoma bekor qilinib, o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi.
SHartnoma bola MTTdan ketgunga qadar tuziladi va tashkilot rahbarining imzosi, muhri hamda ota-ona (yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs) ning imzosi bilan tasdiqlanadi. Tashkilotga yilning sentyabr oyidan qabul qilingan bolalar ro‘yxati 1 raqamidan boshlanadi. SHartnomaga o‘zgartirishlar qo‘shimcha kelishuv shaklida kiritiladi va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi. 02-03. Davlat xizmatlari tomonidan berilgan yo‘llanmalar yoki TPPK xulosalar hamda ota-onalar o‘rtasnda tuzilgan shartnomalarni qayd etish kitobi yuritiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar tuman davlat xizmatlari tomonidan berilgan yo‘llanma yoki TPPK xulosa asosida o‘rnatilgan tartibda (15 kun muddat ichida) tashkilotga kelgan kundan boshlab, qabul qilinadi hamda ularning ota-onalari o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilib, shartnomalarni ro‘yxatga olish kitobiga rasmiylashtiriladi. Yo‘llanma yoki TPPK xulosalar va shartnomalarni qayd etish kitobi tikilgan, sahifalangan, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi lozim.
Download 224.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling