Obrazovaniya respubliki uzbekistan
Download 224.07 Kb.
|
155 lotinda (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDAGI O‘Z GARISHLAR
- HAFTA YAKUNI: Bolalar ilgari nimani bilishar edi
- Bolalar nimani bilishdi
- Bolalar nimani bilishni hoxlaydilar
- Kelgusi haftaga g‘oyalar
- MTT RAHBARIYATINING TAVSIYA VA KO‘RSATMALARI
- Bolalar davomatini qayd etish daftari
- Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar daftari
- Bolalarning kundalik davomati oyi yil
- Jami qatnamagan kunlao Sababli Sababsiz
05-03 Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr, patronaj va ota-onalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar) Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr va patronaj daftari bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi. Daftarda ota-onalar haqidagi ma’lumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar umumiy bitta bo‘lishi yoki 4 ta daftar alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 05-03 raqami qo‘yiladi. Daftarlarning yuritilish tartibi quyidagicha: Bolalar davomatini qayd etish daftari yosh guruhlarida bolalar qatnovini har kuni soat 9.00 dan kechiktirmay belgilab boriladi va kelgan bolalarning umumiy soni chiqarib qo‘yiladi. Oy yakunida ro‘yxatdagi bolalar kelgan, kelmagan kunlarining umumiy soni chiqariladi va natijalar umumlashtiriladi. Tahlilda ro‘yxat bo‘yicha bolalar soni, ushbu oy davomida kelgan va umuman kelmagan bolalarning aniq soni yoziladi. Ushbu tahlil asosida bola kuni bajarilishi aniqlanadi. Umumiy bolalar kuni va bola kelmagan kunlarning sababli va sababsiz soni yoziladi. Tahlil qilgan tarbiyachining familiyasi va imzosi, hamshira tomonidan bolalar sonining haqqoniyligini tasdiqlab imzo qo‘yiladi. Tashkilot rahbari oy davomida yuritilgan davomat va tahlilni nazoratdan o‘tkazib, imzo va muhr qo‘yadi. Tabel daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak Filtr daftari: Tarbiyachi bolalarni qabul qilish vaqgida har bir bolaning ota- onasi bilan bola salomatligi haqida qisqacha suhbatlashadi, birlamchi tibbiy nazoratdan o‘tkazadi. Filtr daftarida tana harorati, teri tozaligi, bosh tozaligi(pedikulyozga tekshiruv) va ota-onadan olingan so‘rovnoma natijalari belgilanadi. Bolaning filtr nazorati ota-ona oldida o‘tkaziladi. Bola uch kun kelmagan takdirda filtr nazoratini tashkilotning tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilishi va ota-onadan bolaning muassasaga kelmaganlik sababini tasdiqlovchi tegishli hududiy davolash tashkiloti tomonidan berilgan maxsus shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilishi talab etiladi. Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Patronaj daftari: har bir yosh guruhida tarbiyachi tomonidan oyma-oy yuritiladi. Bola tashkilotga kelmagan kunlarning uchinchi kuni tarbiyachi oilaga tashrif buyurib (yoki telefon orqali), bolaning tashkilotga kelmaslik sababini aniqlaydi. Bola uzoq muddat kelmagan taqdirda, kelmagan kunlarning ettinchi kuni ikkinchi patronaj va o‘n to‘rtinchi kuni uchinchi patronajning o‘tkazilishi va har bir patronaj qilingan kunning sanasi hamda kelmaslik sababi yozib borilishi lozim. Uch kun va undan ortiq tashkilotga qatnamagan bolaning tashkilotga kelgan kuni maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimi(shifokori yoki hamshirasi) tomonidan kelmagan kunlar uchun taqdim etilgan tibbiy ma’lumotnoma asosida nazoratdan o‘tkazib, qabul qilishnishi va patronaj daftariga imzo qo‘yiladi. Bola keyingi oy ham tashkilotga kelmagan holatda tarbiyachi ushbu bolani yana belgilangan tartibda patronaj daftariga ro‘yxatga oladi. Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar daftari: ushbu daftarga bolaning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan sanasi, uy manzili, telefon raqami, ota-onasining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning ish joylari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi va qo‘shimcha ma’lumotlar olinganda, daftarga qayd etib boriladi. Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Bolalarning kundalik davomati oyi yil
Download 224.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling