Obrazovaniya respubliki uzbekistan


- Tarbiyalanuvchilarga oid hujjatlar


Download 224.07 Kb.
bet10/29
Sana28.12.2022
Hajmi224.07 Kb.
#1071282
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
155 lotinda (3)

02 - Tarbiyalanuvchilarga oid hujjatlar

02-01. Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotda bolalarni qabul qilish, guruhdan-guruhga o‘tkazish, tashkilotdan chiqarish ishlari EMIS tizimi orqali, Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinda - IMTT) va Qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinda - QTMTT)ga qabul qilish esa Tibbiy-pedagogik-psixologik komissiyasining (keyingi o‘rinda - TPPK) xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Tashkilot rahbari tomonidan Davlat xizmatlari orqali berilgan yo‘llanma yoki o‘rnatilgan tartibda berilgan TPPK xulosasi asosida kelgan bolalarni tashkilotga qabul qilish, guruhdan-guruhga o‘tkazish, chiqarishga oid buyruqlar kitobi yuritiladi. Buyruqlar kitobi tikilgan sahifalangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan muhr va imzo bilan tasdiqlanadi.
Elektron tartibda guruh tarkibiga qabul qilingan bolalar uchun yoki TPPK xulosasi asosida qabul qilingan bolalar uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i chiqariladi. Tashkilot rahbari tomonidan bolaning guruhdan guruhga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, mazkur buyruqqa asosan bolalar guruhlarning davomat daftariga qayd etiladi.
Uquv yili davomida tashkilot guruhlarida bo‘shagan bolalar o‘rinlari elektron navbatga qo‘yilgan bolalar hisobidan yo‘llanma chiqarilib, tashkilotning buyrug‘i asosida to‘ldirib boriladi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqarish to‘g‘risidagi buyruqqa uning ota- onasi tomonidan berilgan ariza asos bo‘ladi. Bu to‘g‘risida tashkilot rahbari tomonidan yoki uning nazorati ostida EMIS axborot tizimiga har kunlik ma’lumotlar kiritilib, yangilab boriladi.
Buyruqlar har o‘quv yilining boshidan (2 sentyabrdan) 1 raqami bilan boshlanib, kelgusi yil 25 avgustda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari imzosi va muhri bilan sahifa yakunlanadi. Ushbu davr mobaynida chiqarilgan buyruqlar soni raqamlarda ko‘rsatiladi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish, guruhdan-guruhga o‘tkazish
va maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqarish to‘g‘risidagi buyruqlar namunalari


Download 224.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling